OpenAI öz onlayn dökonida ModRetro Chromatic portativ öyin konsolining Codex Edition deb nomlangan maxsus versiyasini sotuvga qöydi. Qurilma narxi 200 dollar. Uning asosiy xususiyati şundaki, unda sun’iy intellekt yordamida yaratilgan öyinlarni öynaş mumkin.
Jarayon quyidagiça keçadi: foydalanuvçi öyin ğoyasini matn bilan tasvirlaydi, söngra Codex dasturlaş agenti va ModRetro Chromatic plagini GB Studio muharririda sahnalar, grafika va öyin mantiğini yaratişga yordam beradi. Tayyor öyin ROM faylga kompilyatsiya qilinadi. Uni emulyatorda işga tuşiriş, boşqalar bilan ulaşiş yoki jismoniy kartrijga yozib oliş mumkin.

Öyin avval brauzerdagi emulyatorda sinab köriladi, keyin esa boşqaruv, ekran va ovozni tekşiriş uçun kompyuterdan Chromatic’ga striming orqali uzatiladi. Tayyor ROM faylni dasturlanadigan Codex kartrijiga yozib, öyinni kompyutersiz öynaş mumkin. Buning uçun konsolning dasturiy ta’minotini yangilab, dasturçi rejimini yoqiş talab etiladi.
OpenAI Codex yordamida yaratilgan uçta öyinni namoyiş qildi: Seedy's Sweet Garden plitkalarni moslaştiriş boşqotirmasi, Hollow Descent yer osti labirintlari, yirtqiçlar va sehrlarga ega sarguzaşt öyini hamda Codex Dance ritm öyini. Codex Edition töplamiga dasturlanadigan kartrij va Chromatic uçun ğilof kiradi.
Konsol Gorilla Glass bilan himoyalangan 2,56 dyuymli 160×144 piksel IPS ekran, uçta AA batareya, USB-C porti va 3,5 mm quloqçin ulagiga ega. U Game Boy, Game Boy Color va Chromatic kartrijlarini qöllab-quvvatlaydi. Sotuvlar 19-noyabrda boşlanişi kutilmoqda. Qurilma AQŞ, Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Yaponiya, Buyuk Britaniya va Yevropa Ittifoqi davlatlariga yetkazib beriladi.