Ovozli tinglash

Intel keyingi avlod Xeon 7 oilasiga mansub Diamond Rapids server protsessorini ilk bor ommaviy ravişda namoyiş etdi. iXBT.com naşri xabar berişiça, taqdimot Xitoyda bölib ötgan Tencent Global Digital Ecosystem konferensiyasida bölgan. Suratlarni Intel e’lon qilgan, ular WCCFTech sayti orqali tarqalgan.

Intel Diamond Rapids protsessorining muhandislik namunasi

Körsatilgan protsessor hozirça muhandislik namunasi hisoblanadi. Yangi liniyaning bozorga çiqişi 2027-yilda kutilmoqda.

Diamond Rapids SMT (köp oqimlilik) texnologiyasisiz işlaydigan 256 tagaça unumdor Panther Cove-X yadrosini oladi. LLC keş xotirasi hajmi 1,28 GB gaça yetadi. Protsessor 16 kanalli xotirani va 12 800 MT/s tezlikdagi MRDIMM modullarini, 128 ta PCIe 6.0 liniyasini hamda CXL 3.0 standartini qöllab-quvvatlaydi. Platformaning energiya iste’moli 650 Vt gaça boradi.

Intel’ning Diamond Rapids taqdimotidan slayd

Hisoblaş kristallari Intel 18A-P, kiriş-çiqiş bloklari esa Intel 3 texnologik jarayoni böyiça işlab çiqariladi. Ular Foveros Direct 3D qadoqlaş texnologiyasi yordamida birlaştiriladi. Platforma Oak Stream deb ataladi, protsessor esa LGA 9324 uyasiga örnatiladi.

Diamond Rapids’ning asosiy raqobatçisi Zen 6 arxitekturasiga asoslangan va allaqaçon bozorga çiqqan AMD EPYC Venice protsessorlaridir. Ikkala platforma ham 256 tagaça yadro va 16 kanalli xotirani taklif etadi. Biroq AMD köp oqimlilikni qöllab-quvvatlaydi, Intel esa SMT’siz köp yadrolilikka asosiy e’tiborni qaratmoqda.