Ovozli tinglash

Microsoft AQŞ Patent va tovar belgilari idorasida «Opportunistic Micro-training on Edge Devices Using Spare GPU Utilization» («Böş GPU quvvatidan foydalanib çekka qurilmalarda vaziyatga qarab mikroöqitiş») nomli patent arizasini e’lon qildi. Hujjat US 2026/0349820 A1 raqami bilan 2026-yil 5-noyabrda çop etilgan, ariza esa ötgan yili topşirilgan. Bu haqda iXBT.com va Insider Gaming naşrlari xabar berdi.

Patentdagi tizim sxemasi: mikrovazifalar tarmoq orqali kompyuter va smartfonlarga tarqatiladi

Patentda taqsimlangan hisoblaşlarga öxşaş tizim tasvirlangan. U foydalanuvçilarning videokartalari qaçon böş turganini aniqlaydi, sun’iy intellekt modellarini öqitişning yirik vazifalarini mustaqil bajariladigan kiçik qismlarga – mikrovazifalarga bölib, ularni aynan şu qurilmalarga yuboradi. Vazifani qayerdan bölişni tanlaşda aloqa xarajatlari va xotira hajmi kabi omillar hisobga olinadi. Qurilmalardan qaytgan natijalar asosida model parametrlari yangilanadi.

Insider Gaming ma’lumotiga köra, hujjatda muammo sifatida grafik protsessorlar taqçilligi va yirik hisoblaş resurslarining qimmatligi körsatilgan. Naşrning taxminiça, tizimga rozilik bergan foydalanuvçilar hisoblaşlar uçun kreditlar olişi, ularni esa dasturlar, modellardan foydalaniş yoki pulga almaştirişi mumkin. iXBT ham Microsoft GPU’dan foydalanganlik uçun haq tölaşga tayyorligini yozgan, biroq patentda bu borada tafsilotlar keltirilmagan.

Patentdagi mikrovazifalarni yaratiş va tarqatiş bosqiçlari sxemasi

iXBT ta’kidlaşiça, avvalgi kriptovalyuta mayningi davridagi kabi, bunday tizim foydalanuvçilar uçun faqat tölovlar qöşimça elektr xarajatlaridan sezilarli darajada köp bölsagina foydali böladi. Çunki örta darajadagi videokartalar 200–300 Vt atrofida quvvat sarflaydi.