Ovozli tinglash

Xitoyning Nio kompaniyasi ES9 flagman elektr krossoveri yetkazib berişlar boşlanganidan olti oy ötmasdan 40 ming donaga yetganini e’lon qildi. Bu haqda Nio asosçisi, direktorlar kengaşi raisi va boş direktori William Li çorşanba kuni Weibo ijtimoiy tarmoğida ma’lum qildi. 40 minginçi avtomobil Hangzhou H-Power Biopharmaceutical Group raisi Zhang Wenjie’ga topşirildi.

William Li’ning söziga köra, ES9 Xitoyda taxminan 500 ming yuan (74 410 dollar) atrofidagi narx segmentidagi premium elektromobillar orasida ketma-ket beş oy davomida yetakçilik qilmoqda. CnEVPost naşri xabar berişiça, model 30 ming donalik marraga 23-sentabrda yetgan. Sönggi 10 ming avtomobil 49 kunda yetkazib berilgan, undan oldingi 10 mingtasi esa 46 kun olgan edi.

Suzhou şahrida topşirilgan 30 minginçi Nio ES9

ES9 Xitoyda 27-may kuni taqdim etilgan, yetkazib berişlar esa ertasi kuni boşlangan. Model 26-iyunda 10 ming, 8-avgustda esa 20 ming donaga yetgan edi. Bozorga çiqqanda uning batareya bilan birga boşlanğiç narxi 498 ming yuan qilib belgilangan. Olti örinli krossover 900 voltli arxitektura va batareyani tezkor almaştiriş imkoniyatiga ega, u modellar qatorida ES8 dan yuqorida turadi.

Xitoy yengil avtomobillar assotsiatsiyasi (CPCA) ma’lumotlariga köra, oktabrda 6714 ta ES9 sotilgan. Bu sentabrga nisbatan 12,87 foiz kam bölib, ketma-ket ikki oylik ösişga yakun yasadi. Oktabr oxirigaça jami 38 917 ta ES9 yetkazib berilgan. Oktabrda model Nio asosiy brendi yetkazib berişlarining 37,04 foizini taşkil etdi, 8738 dona sotilgan ES8 bilan birgalikda esa 15 452 dona yoki 85,25 foizga töğri keldi.

Şanxayda 3000 ta ES9 yetkazib berilişi munosabati bilan ötkazilgan marosim

Nio asosiy brendi oktabrda 18 125 ta avtomobil yetkazib berdi, bu ötgan yilning şu oyiga nisbatan 5,73 foiz köp. Biroq Onvo va Firefly brendlari bilan birga Nio Inc. oktabrda 34 246 ta avtomobil yetkazib berdi: bu yillik hisobda 15,23 foiz kam bölib, 31 oy davom etgan uzluksiz ösiş töxtadi. Yilning dastlabki 10 oyida kompaniya 334 547 ta avtomobil yetkazib bergan, bu ötgan yilning şu davriga nisbatan 38,46 foiz köp.