Ovozli tinglash

Chery kompaniyasiga tegişli Jetour brendi 2026 Jetour Global Travel+ konferensiyasida özining birinçi töliq elektr SUV modeli – Jetour TX (Tourer) krossoverini e’lon qildi. CarNewsChina naşri xabar berişiça, model uçun oldindan buyurtmalar qabul qiliş 16-noyabrdan boşlanadi.

Jetour TX elektr krossoveri

Ixçam krossover yopiq radiator panjarasi, retro uslubdagi ikkita dumaloq fara va aerodinamik havo kanallariga ega. Uning havo qarşiliği koeffitsiyenti 0,32 ga teng. Avtomobil uzunligi 4605 mm, kengligi 1880 mm, balandligi 1700 mm, ğildiraklar oraliği esa 2735 mm. Yöl tirqişi 200 mm, suvdan öta oliş çuqurligi 500 mm. Model yöltanlamas yöllarda sekin harakatlaniş rejimi va joyida aylaniş (tank turn) funksiyasini ham qöllab-quvvatlaydi.

Salonda Qualcomm Snapdragon 8775 çipi asosida işlaydigan Tour OS 3.5 tizimli 15,6 dyuymli 2,5K sensorli ekran örnatilgan. Ovozli boşqaruv iFlytek texnologiyasiga asoslangan va Doubao katta til modeli bilan integratsiya qilingan. Oldingi örindiqlar isitiş, şamollatiş va 8 nuqtali massaj funksiyalariga ega. Salonda 31 ta saqlaş joyi, oldingi qismda esa 150 litrli yuviladigan yukxona bor.

Jetour TX krossoverining taşqi körinişi

Ikki ğildirak yuritmali (2WD) versiya 200 kVt (268 o.k.) quvvatli elektr motor bilan jihozlangan. Töliq yuritmali versiyaning umumiy quvvati 275 kVt (369 o.k.) ni taşkil etadi va u 0 dan 100 km/soat tezlikkaça 5 soniyadan biroz köproq vaqtda tezlaşadi. Barça versiyalarda Chery’ning 67,2 kWt·soatlik Rhino batareyasi örnatilgan: CLTC sikli böyiça yuriş zaxirasi 550 km (WLTP böyiça taxminan 446 km), energiya sarfi esa 100 km ga 13,5 kWt·soat. Avtomobil taşqi qurilmalarni 6,6 kVt quvvat bilan zaryadlay oladi.

Falcon 500 haydovçiga yordam tizimi avtomagistral va şahar köçalarida navigatsiya böyiça avtomatik harakatlaniş hamda barça vaziyatlarda avtomatik parkovka qiliş imkonini beradi. Standart xavfsizlik jihozlari qatoriga avtomatik favqulodda tormozlaş, tasmadan çiqib ketişning oldini oliş, körinmas zonalarni kuzatiş tizimlari va 540 darajali panoramali kamera kiradi.