Ovozli tinglash

Xitoyning Great Wall Motors (GWM) kompaniyasi yangi örta ölçamli Ora 7 modelini noyabr oyida sotuvga çiqaradi. CarNewsChina naşri bu haqda Autohome portali 10-noyabrda olgan ma’lumotlarga tayanib xabar berdi. Butunlay yangi model ikki xil kuzovda taklif etiladi: universal va fastbek.

Ikkala versiya ham Ora brendining dizayn uslubida yaratilgan: dumaloq faralar orasida yopiq panjara joylaşgan. Orqa çiroqlar ikkala kuzovda bir xil bölib, old qism dizaynini takrorlaydi. Avtomobilning uzunligi 4820 mm, eni 1870 mm, balandligi 1520 mm, ğildiraklar bazasi esa 2870 mm ni taşkil etadi.

Ora 7 elektromobilining saloni

Ikkala versiyaning saloni ham bir xil: uç spitsali multifunksional rul, töliq raqamli asboblar paneli va katta «suzuvçi» markaziy sensorli ekran örnatilgan. T şaklidagi markaziy konsolda simsiz zaryadlaş maydonçasi va ikkita stakan qöyiş joyi bor. Haydovçiga yordam beruvçi tizim komplektatsiyaga qarab faqat kameralar asosida yoki qöşimça LiDAR bilan taklif qilinadi.

Fastbek kuzovli Ora 7

Hozirça Xitoy Sanoat va axborot texnologiyalari vazirligida (MIIT) faqat universal versiya röyxatdan ötgan. U ikki motorga ega: oldingisi 160 kVt (215 ot kuçi), orqadagisi 150 kVt (201 ot kuçi), umumiy quvvat esa 310 kVt (416 ot kuçi). Ora 7 Xitoyda xarid soliğidan ozod qilinadigan yangi energiyali avtomobillarning 32-röyxatiga ham kiritilgan. Unda Svolt kompaniyasining 58,3 va 68,9 kVt·soat siğimli LFP batareyalari körsatilgan. CLTC sikli böyiça zapas yuriş 535, 560 va 630 km ni taşkil etadi, bu WLTP böyiça taxminan 433, 454 va 510 km ga töğri keladi.

Universal kuzovli Ora 7

Ora — GWM’ning asosan yangi energiyali avtomobillarga ixtisoslaşgan sub-brendi, ammo uning benzinli modellari ham bor. Avvalgi Ora Lightning Cat modeli 2023-yilda Tailandda Ora 07 nomi bilan çiqqan, Ora 7 esa uning keyingi avlodi sifatida taqdim etilmoqda. Oktabr oyida Ora 12 187 ta avtomobil sotdi: bu ötgan yilning şu davriga nisbatan 115,8 foiz, sentabrga nisbatan esa 8,8 foiz köp va qariyb bir yildagi eng yaxşi natijadir. Yangi modelning narxi hali e’lon qilinmagan.