Ovozli tinglash

Amerikaning CoreWeave kompaniyasi aksiyalari 11-noyabr, çorşanba kuni 24,71 foizga oşdi. CNBC xabar berişiça, bu 2025-yil aprelidan buyon kompaniya qimmatli qoğozlari uçun eng yaxşi kun böldi. CoreWeave bir kun oldin uçinçi çorak hisobotini e’lon qilgan edi.

30-sentabrda yakunlangan çorakda kompaniya daromadi 168 foizga ösib, 3,7 mlrd dollarga yetdi. Natijalar tahlilçilar kutganidan yuqori böldi va CoreWeave butun yil uçun prognozini oşirdi. Endi 2026-yil uçun daromad 13–13,3 mlrd dollar, tuzatilgan operatsion foyda esa 1,275–1,375 mlrd dollar bölişi kutilmoqda. LSEG ma’lumotlariga köra, tahlilçilar yillik daromadni 12,86 mlrd dollar, Visible Alpha ma’lumotlariga köra esa tuzatilgan operatsion foydani 1,07 mlrd dollar deb baholagan edi.

CoreWeave boş direktori Maykl Intrator

Kompaniya boş direktori Maykl Intrator investorlar bilan suhbatda bu çorakni keskin yuksaliş davri deb atadi. Uning söziga köra, CoreWeave’ning 2027-yil uçun qolgan quvvatlariga bölgan talab taklifdan taxminan 10 baravar köp, 2028-yil quvvatlariga esa bir neça baravar ortiq. Ösişni moliyalaştirişda boşqa manbalar qatori mijozlarning taxminan 9 mlrd dollarlik oldindan tölovlari va depozitlari ham yordam bergan.

Sönggi oylarda investorlarni kompaniyaning qarzlari xavotirga solgan edi: oktabrda CoreWeave qarzi böyiça kredit-defolt svoplari spredi 11 foizdan oşib ketgan, bu odatda inqirozli daraja hisoblanadi. Intrator kompaniya yaqinda aktivlar bilan ta’minlangan yangi qarz joylaşuvini boşlaşini va u 7–7,5 foiz stavkada joylaşişini kutayotganini aytdi. U AQŞdagi oraliq saylovlar kompaniyaning ma’lumotlar markazlarini işga tuşirişiga ta’sir qilmasligini ham ta’kidladi.

CoreWeave’ning yuksalişi sohadagi boşqa kompaniyalarni ham ortidan ergaştirdi: Nebius aksiyalari 15,44 foiz, Applied Digital 7,37 foiz, IREN esa 5,63 foiz qimmatladi. Zacks kompaniyasi strategi Jon Blank fikriça, CoreWeave aksiyalari eng past nuqtaga yetgan bölişi mumkin.