Sun’iy intellekt uçun maxsus çiplar işlab çiqaruvçi britaniyalik Fractile startapi C seriyali raundda 720 mln dollar jalb qildi. TechCrunch naşri xabar berişiça, raundga Thrive Capital, Founders Fund, Lightspeed Venture Partners va Redpoint fondlari boşçilik qilgan. Moliyalaştirişni Buyuk Britaniyaning Sovereign AI Fund suveren fondi ham qöllab-quvvatladi.

Britaniya hukumati ma’lum qilişiça, kompaniyaning qiymati 5 mlrd funt sterlingdan oşadi. Financial Times va Reuters manbasi bu körsatkiçni taxminan 7 mlrd dollar deb baholagan. Hukumat fondning iştirokini Buyuk Britaniyaning kelajakdagi iqtisodiyotiga asos böladigan apparat ta’minotidagi uluşini oşiriş istagi bilan izohladi.
Fractile sun’iy intellekt modellarini işlatiş, ya’ni inferens xarajatlarini kamaytirişga möljallangan çiplar yaratmoqda. Kompaniya töliq stek yondaşuvini qöllaydi: apparat ta’minoti bilan birga katta til modellarining uning çiplarida imkon qadar tez işlaşini ta’minlaydigan maşinali öqitiş kompilyatori ham işlab çiqilmoqda. Yönaliş özgartirilganidan söng çip dizayni har bir çip ustiga joylaştirilgan DRAM xotirasiga asoslangan. Bu yeçim xotira bilan boğliq odatiy çeklovlarni çetlab ötişga qaratilgan.
Bu ayniqsa agentli sun’iy intellekt uçun muhim: kompaniyalar katta modellarda tezlikni yöqotmasdan uzun vazifalar zanjirini bajarişni istaydi. Fractile maxsus AI çiplari yaratayotgan eng köp moliyalaştirilgan startaplar qatorida Axelera, Etched va OLIX bilan birga turadi.
Kompaniya asosçisi va boş direktori Walter Goodwin LinkedIn’dagi postida oldinda hali köp iş borligini yozdi. Uning söziga köra, jalb qilingan mablağ startapga ilk çiplar va tizimlarni kelasi yili, ya’ni 2027-yilda yetkazib beriş imkonini beradi.