Ovozli tinglash

CarNewsChina naşri Xitoy yölovçi avtomobillari assotsiatsiyasi (CPCA) ma’lumotlariga tayanib xabar berişiça, Tesla oktabr oyida Xitoyda 8817 ta avtomobil sotgan. Bu ötgan yilning şu davriga nisbatan 66,1 foiz kam. Kompaniya Xitoyda bunday past natijani oxirgi marta 2022-yil iyulida qayd etgan edi: öşanda 8461 ta maşina sotilgan. Naşrning yozişiça, bu 2020-yildan beri kuzatilayotgan eng yomon oktabr bölib, sotuvlar ketma-ket beşinçi oy yillik hisobda pasaymoqda.

Tesla’ning Xitoydagi oylik savdosi grafigi

Ayni paytda Şanxay zavodidan eksport keskin oşdi. Oktabrda xorijga 59 012 ta avtomobil jönatildi, bu yillik hisobda 66,3 foiz köp. Eksport kompaniyaning Xitoydagi ulgurji savdosining 87 foizini taşkil etdi va bu zavod tarixidagi eng yuqori körsatkiç böldi. Avvalgi rekord 2022-yil oktabrida qayd etilgan 76 foiz edi. Eksport hajmi böyiça oktabr joriy yilning ikkinçi eng yaxşi oyi böldi: birinçi örinda 66 330 ta avtomobil jönatilgan iyul turadi. CPCA ma’lumotlariga köra, içki savdo va eksportni öz içiga olgan ulgurji savdo 67 829 tani taşkil etib, 10,3 foizga oşgan.

Sentabrga nisbatan farq yanada sezilarli. Sentabrda Tesla Xitoyda 64 837 ta avtomobil sotgan va 30 529 tasini eksport qilgan edi. Şunday qilib, bir oy içida içki sotuvlar 86,4 foizga kamaygan, eksport esa 93,3 foizga oşgan.

Tesla Model Y Xitoy xalqaro import körgazmasida

Talabni qayta jonlantiriş uçun Tesla 30-oktabrdan Model 3 va Model Y’ning ayrim versiyalariga beş yillik foizsiz kredit taklifini joriy qildi. Minimal boşlanğiç tölov 79 900 yuandan 39 900 yuangaça (5940 dollar) tuşirildi, taklif 30-noyabrgaça berilgan buyurtmalarga amal qiladi. Kompaniya Xitoyda faqat ikki model, Model 3 va Model Y’ni (olti örinli Model Y L bilan birga) işlab çiqaradi. Orqa ğildirakli Model 3 narxi 235 500 yuandan (35 300 dollar), çegirmalar bilan esa 225 500 yuandan (33 800 dollar) boşlanadi. Orqa ğildirakli Model Y 263 500 yuan (39 500 dollar), çegirmalar bilan 259 500 yuan (38 900 dollar) turadi.

Yanvar–oktabr oylarida Tesla’ning Xitoydagi içki sotuvlari 15 foizga kamayib, 390 mingtaga tuşgan, eksport esa 101 foizga oşib, 421 mingtani taşkil etgan. Umumiy ulgurji savdo 21,4 foizga oşib, 811 ming dona böldi. Oktabrda butun Xitoy bozorida ham pasayiş kuzatildi: 1,1 mln ta yangi energiya avtomobili (elektromobil va plagin-gibrid) sotilgan, bu 13,7 foiz kam. Ulardan 770 mingtasi toza elektromobillar bölib, ularning savdosi 5,3 foizga qisqargan.