Ovozli tinglash

Telegram messenjerining macOS uçun beta-versiyasida Lockdown Mode deb nomlangan kuçaytirilgan xavfsizlik rejimi aniqlandi. Funksiya 13.2 versiyasining 283493-yiğmasida topilgan. Bu haqda Kod.ru naşriga tayanib iXBT.com xabar berdi.

Işlab çiquvçilar ta’rifiga köra, rejim murakkab kiberhujumlar nişoniga aylanişi mumkin bölgan foydalanuvçilar uçun möljallangan. Telegram uni ekstremal va ixtiyoriy himoya çorasi sifatida taqdim etmoqda, ya’ni u faqat foydalanuvçi xohlasa yoqiladi.

Telegram xavfsizlik rejimi haqidagi illyustratsiya

Rejim yoqilganda faqat kontaktlardan va foydalanuvçining öz akkauntidan kelgan suratlar avtomatik yuklanadi. Havolalarning oldindan körinişi va Instant View sahifalari ruxsatsiz oçilmaydi, mini-ilovalarni işga tuşiriş esa tasdiqni talab qiladi. HTML vidjetlar va xavfli bölişi mumkin bölgan stikerlar foydalanuvçi ruxsat bermaguniça yaşirin turadi.

Xavfli fayllarni yuklab olişdan oldin ogohlantiriş çiqadi. Bajariladigan fayllarni Telegram içida oçib bölmaydi, ular faqat Finder orqali oçiladi. Rasmlardan esa faqat JPEG, PNG, WebP, HEIC va GIF formatlari oçiladi. Rejim faol bölganda tölov sahifalari ham bloklanadi. Har bir amal alohida oynada slayderni öngga surib tasdiqlanadi.

Yangi rejim Telegram’ning HTML vidjetlaridagi zaifliklar atrofidagi voqealar fonida paydo böldi. Ma’lum qilinişiça, V12 jamoasi ular orqali buzib kiriş usulini namoyiş etgan, şundan söng Telegram server tomonida barça botlar uçun vidjetlarni öçirib qöygan. Lockdown Mode ommaviy versiyaga qaçon çiqişi va boşqa platformalarda paydo bölişi hozirça ma’lum emas.