Ovozli tinglash

Ilgari Wallet in Telegram nomi bilan tanilgan Walt kripto hamyoni mustaqil ilovasini işga tuşirmoqda. CoinDesk naşri xabar berişiça, foydalanuvçilar ilk bor xizmatdan Telegram akkauntisiz, Google yoki Apple hisobi orqali röyxatdan ötib foydalana oladi.

Yangi ilovada kriptovalyutalar savdosi, tokenlaştirilgan AQŞ aksiyalari va ETF fondlari hamda daromad keltiruvçi mahsulotlar taklif etiladi. Bundan taşqari, kriptovalyutalar, metallar va energiya resurslariga bağlangan muddatsiz fyuçerslar bilan savdo qiliş mumkin. Bu mahsulotlarning barçasi hozir ham Telegram içidagi Walt orqali mavjud.

Smartfonda Telegram ilovasi

Xizmat sentabr oyida yangi nom oldi. Öşanda Telegram sozlamalarida uning örnini messenjerning öz hamyoni egallaşi e’lon qilingan edi. Walt esa Telegram’dagi boti orqali işlaşda davom etmoqda.

Walt va uni işlab çiqqan The Open Platform kompaniyasining mahsulot böyiça direktori Yegor Danilov CoinDesk’ka elektron poçta orqali bergan izohida «Eng katta özgariş — kiriş imkoniyati», dedi. Uning söziga köra, Telegram’ning öz hamyoni oddiy kripto ötkazmalari uçun möljallangan, Walt esa kengroq savdo va investitsiya vositalarini istagan foydalanuvçilarga qaratilgan. Mustaqil ilova yangi savdo vositalari va aktiv turlarini birinçi bölib oladi, kripto tölov kartalari esa keyinroq çiqariliği rejalaştirilgan.

Kompaniya «ön millionlab» röyxatdan ötgan foydalanuvçisi borligini aytdi, biroq oylik faol foydalanuvçilar soni, savdo hajmi va mijozlar aktivlari haqidagi ma’lumotlarni oçiqlamadi. Mavjud foydalanuvçilar ikkala versiyaga bitta akkaunt orqali kira oladi. Ilova Walt hozir işlayotgan bozorlarda işga tuşadi, ayrim investitsiya mahsulotlari esa mintaqaga qarab farq qiladi.