Ovozli tinglash

AQŞning Ostin şahrida joylaşgan Nominal startapi 9-noyabr kuni 240 mln dollarlik C seriyali investitsiya raundini yakunlaganini e’lon qildi. TechCrunch naşri xabar berişiça, bitim doirasida kompaniya 3 mlrd dollarga baholangan. Raundga Lightspeed Venture Partners boşçilik qilgan, Insight Partners esa uni birgalikda boşqargan.

Nominal platformasi

Tört yil avval taşkil etilgan Nominal samolyotlar, yadro reaktorlari va aqlli zavodlar kabi murakkab apparat tizimlarini loyihalaş va sinovdan ötkaziş uçun möljallangan sun’iy intellekt platformasini taklif qiladi. Kompaniya mijozlari orasida 80 ta tijorat va davlat taşkiloti bor. Ularning asosiylaridan biri mudofaa texnologiyalari kompaniyasi Anduril hisoblanadi.

Nominal qiymati juda tez ösmoqda. 2026-yil mart oyida startap Founders Fund vakili Trae Stephens boşçiligida B seriyali raundni kengaytirib, 1 mlrd dollarga baholangan edi. Bu bitimni investorning özi taklif qilgan. Şunday qilib, taxminan sakkiz oy içida kompaniya qiymati uç baravar oşdi. Qiziği, Trae Stephens Anduril hammuassislaridan biri hisoblanadi.

Anduril mudofaa texnikasi

Startapni Sequoia, General Catalyst va Lux Capital fondlari ham qöllab-quvvatlaydi. Oktabr oyida AQŞ Harbiy-havo kuçlari Nominal’ni 71,2 mln dollarlik STRATFI (Strategic Funding Increase) investitsiya dasturi uçun tanladi. Bu dastur Harbiy-havo kuçlaridan taşqaridagi manbalardan ham mablağ jalb qilinişini talab qiladi.

Kompaniyaga hammuassis va boş direktor Kameron Makkord rahbarlik qiladi. U ilgari AQŞ Harbiy-dengiz kuçlarida suv osti kemasi ofitseri bölib xizmat qilgan va Anduril’da işlagan. Yangi mablağ qanday maqsadlarga sarflanişi haqida ma’lumot berilmagan.