Ovozli tinglash

Xitoyning Li Auto kompaniyasi olti örindiqli flagman elektr krossoveri Li i9 yetkazib berişlari 10 ming donadan oşganini ma’lum qildi. Bu haqda kompaniya 2026-yil 13-noyabr kuni Weibo ijtimoiy tarmoğida xabar berdi. Model 16-sentyabrda sotuvga çiqqan, ya’ni bu körsatkiçga 58 kunda erişildi.

Li Auto oylik ma’lumotlarni oçiqlamadi. Biroq CnEVPost naşri Xitoy yengil avtomobillar assotsiatsiyasi (CPCA) ma’lumotlari asosida hisoblaşiça, sentyabrda 2206 ta, oktyabrda esa 5460 ta i9 xaridorlarga topşirilgan.

Li Auto i9 elektr krossoveri

Li i9 Xitoyda butun mamlakat böyiça yagona 369 800 yuan (taxminan 55 ming dollar) narxda sotilmoqda va faqat oilalar uçun möljallangan Home versiyasida taklif etiladi. Krossoverning uzunligi 5225 mm, ğildiraklar oraliği 3168 mm. Bu Li Auto’ning eng yirik elektr SUV’i hamda Li Mega minivenidan keyin Home versiyasiga ega ikkinçi modeli hisoblanadi.

Salonda standart tarzda törtta tölaqonli «nol gravitatsiya» örindiqlari örnatilgan. Ikkinçi qatordagi örindiqlar elektr yuritma yordamida aylanadi, bu esa orqa yoluvçilarga bir-biriga yuzma-yuz ötiriş imkonini beradi. Avtomobil 101 kWh siğimli ternar litiy batareya bilan jihozlangan, CLTC sikli böyiça yuriş zaxirasi 705 km. 5C tezkor quvvatlaş qöllab-quvvatlanadi: kompaniya ma’lumotiga köra, 10 daqiqada 500 km yuriş uçun yetarli quvvat olinadi.

Li i9 yon tomondan körinişi

Deutsche Bank tahlilçisi Wang Bin jamoasining 10-noyabrdagi hisobotiga köra, dilerlar orasida ötkazilgan sörov i9 uçun kutiş muddati 4–6 hafta ekanini körsatgan. Umuman olganda, Li Auto’ning oktyabrdagi yetkazib berişlari yillik hisobda 8,63 foizga kamayib, 29 025 donani taşkil etgan, bu fevraldan beri eng past körsatkiç. Bank noyabrda kompaniya yetkazib berişlari 40 mingdan oşişini, şundan 16–20 mingtasi i6 modeliga töğri kelişini kutmoqda. Li Auto uçinçi çorak natijalarini 25-noyabrda e’lon qiladi.