Ovozli tinglash

Xitoyning BYD kompaniyasi Birlaşgan Arab Amirliklarida öz Flash Charging tezkor zaryadlaş tizimi uçun yaratilgan robot qölni namoyiş qildi. CarNewsChina naşri xabar berişiça, qurilma avtomobildagi zaryadlaş uyasini mustaqil topadi, uning qopqoğini oçadi, ulagiçni kiritadi va zaryadlaş tugagaç uni özi çiqarib oladi.

Namoyiş BYD BAA’da ötkazgan katta media-tadbir doirasida böldi, unga dunyoning turli mamlakatlaridan jurnalistlar taklif qilingan. Bundan oldin, 6-noyabrda kompaniya Yangwang U9 Xtreme seriyali avtomobillar orasida soatiga 503,17 km tezlik bilan jahon rekordini örnatganini e’lon qilgan, 7-noyabrda esa narxi 2,08 mln yuandan (311,5 ming dollar) boşlanadigan Yangwang Altior sedanini taqdim etgan edi.

BYD Flash Charging zaryadlovçisi Yangwang U8 avtomobiliga ulangan

Robot qöl zaryadlaş uyasini vizual aniqlaş va kuç bilan teskari aloqa tizimi yordamida topadi hamda ulagiçni kerakli holatga keltiradi. U xorijiy bozorlarda işlatiladigan bir neçta ulagiç standartini qöllab-quvvatlaydi. Zaryadlaş stansiyasi quyoş panellari, energiya saqlaş batareyalari va yuqori quvvatli zaryadlovçilarni birlaştiradi. Xabarlarga köra, namoyiş paytida quvvat 1000 kVt ga yetgan. «Bir tugma bilan parkovka va zaryadlaş» rejimida mos avtomobil zaryadlaş joyiga özi kirib turadi, robot qöl esa haydovçining iştirokisiz kabelni ulaydi.

BYD’ning avvalgi avtomatik tizimlari avtonom transport aravalari (AGV) uçun yaratilgan, keyinçalik yengil avtomobillarga ham moslaştirilgan. Kompaniyaning patentlarida batareya darajasi va şinalardagi bosimni tekşiriş, şina klapanlarini aniqlaş hamda avtomobilga özgartiriş kiritmasdan şinalarni damlaş tasvirlangan.

2026-yil mart oyida BYD ikkinçi avlod Blade batareyasini va bitta ulagiç uçun 1500 kVt gaça quvvat beradigan zaryadlaş tizimini taqdim etgan edi. Kompaniya ma’lumotiga köra, mos şaroitda batareyani 10 foizdan 70 foizgaça zaryadlaş 5 daqiqa, 10 foizdan 97 foizgaça esa 9 daqiqa oladi. BYD 2026-yil oxirigaça Xitoyda 20 ming Flash Charging stansiyasini qurişni, Yevropada esa 2026-yil oxirigaça 100 ta, 2027-yil oxirigaça 3000 ta bunday zaryadlovçi örnatişni rejalaştirmoqda. Biroq robot-zaryadlovçi qaçon tijoriy foydalanişga çiqişi va qança turişi hali ma’lum emas.

Eslatib ötamiz, 2025-yil yanvarida Huawei ham Maextro S800 sedani bilan birga robot zaryadlaş qölini taqdim etgan edi. U 600 kVt li superzaryadlovçiga ulanib, zaryadlaş tugagaç avtomatik ravişda uzilardi.