Dronlar yordamida yetkaziş xizmatini taklif qiluvçi amerikalik Zipline kompaniyasi 1,5 mlrd dollar investitsiya jalb qildi. TechCrunch naşri xabar berişiça, yangi raunddan söng startapning bahosi 21,5 mlrd dollarga yetdi. Raundga Paradigm, WCM Investment Management va Layer Global boşçilik qildi, unda Valor Equity Partners, Fidelity Management & Research Company, Uber, Tiger Global, J.P. Morgan, ARK Invest va Salesforce Ventures ham qatnaşdi.

Kompaniya olingan mablağni AQŞdagi işlab çiqariş quvvatlarini kengaytiriş va butun mamlakat böylab dron yetkaziş tarmoğini quriş uçun yangi xodimlar yollaşga sarflaydi. Şu bilan birga Zipline va Walmart yangi köp yillik kelişuv imzoladi: unga köra, AQŞda yana 300 ta dron yetkaziş nuqtasi oçiladi. Ikki kompaniya 2021-yildan beri hamkorlik qilib keladi va hozir ularning 21 ta faol nuqtasi bor.
Zipline 2014-yilda taşkil topgan va faoliyatini Afrikada, Ruandada qon yetkazişdan boşlagan, keyinçalik Gana va Nigeriyaga ham çiqqan. AQŞda kompaniya 2020-yilda Şimoliy Karolinadagi Novant Health tibbiyot tarmoği uçun tibbiy jihoz va materiallar yetkaziş bilan iş boşlagan. 2022-yilda u AQŞ Federal aviatsiya boşqarmasidan (FAA) Part 135 sertifikatini olib, uzoq masofaga tijorat yetkazişlarini amalga oşiriş huquqiga ega böldi. 2026-yilda kompaniya Uber bilan ham hamkorlik boşladi.

Hozir Zipline Afrikaning beşta davlatida, AQŞning bir neçta şahrida va Yaponiyada oziq-ovqat, çakana savdo, qişloq xöjaligi va tibbiyot mahsulotlarini yetkazadi. Uyga yetkaziş uçun mö’ljallangan Platform 2 dronlari 8 funtgaça (taxminan 3,6 kg) yukni 10 mil (taxminan 16 km) radiusda taşiydi. Platform 1 dronlari esa biznes va davlat tuzilmalari uçun borib-qaytiş hisobida 120 milgaça (taxminan 193 km) masofaga yetkazişni bajaradi.
Kompaniya ma’lumotiga köra, joriy yilda faqat Dallas-Fort-Uert hududida bir milliondan ortiq yetkaziş amalga oşirilgan. Oktabrda Zipline buyurtmalarining median yetkaziş vaqti 19 daqiqani taşkil etgan, an’anaviy yetkazişda esa bu körsatkiç 30 daqiqadan oşadi. Zipline dronlari xavfsizlik hodisalarisiz 150 mln mil avtonom tijorat parvozini amalga oşirgan. Uber bilan birgalikda kompaniya 2029-yilgaça kuniga 1 mln yetkazişga çiqişni maqsad qilgan.