Ovozli tinglash

Xitoyning DeepSeek kompaniyasi keyingi avlod yirik til modeli V5 ni Huawei’ning Ascend 950 tezlatkiçlarida dastlabki öqitişdan ötkazişni rejalaştirmoqda. Bu haqda MyDrivers naşriga tayanib iXBT.com xabar berdi.

Hozirgaça Xitoyda işlab çiqarilgan çiplar asosan DeepSeek modellarini işga tuşiriş, ya’ni xulosa çiqariş bosqiçida qöllanib kelingan. Agar rejalar tasdiqlansa, V5 kompaniyaning Ascend platformasida dastlabki öqitişdan ötgan birinçi yirik modeliga aylanadi.

Huawei Ascend 950DT çipining tuzilişi

Ascend 950 seriyasiga ikki model kiradi: 950PR va 950DT. Ikkalasi ham uçinçi avlod Da Vinci arxitekturasiga asoslangan.

Ascend 950DT öqitiş hamda xulosa çiqarişdagi dekodlaş bosqiçi uçun möljallangan. U Huawei’ning özi işlab çiqargan 144 GB HBM xotira, 4 TB/s xotira ötkazuvçanligi va 2 TB/s özaro ulaniş ötkazuvçanligiga ega. Çip FP8, MXFP8 va MXFP4 formatlarini qöllab-quvvatlaydi. Huawei ma’lumotiga köra, uning MXFP4 formatidagi unumdorligi oldingi avlodning BF16 formatidagi körsatkiçidan tört baravar yuqori.

Sun’iy intellekt çiplari (illustratsiya)

Ascend 950PR esa asosan xulosa çiqarişda kiruvçi ma’lumotlarni dastlabki qayta işlaş bosqiçi uçun möljallangan. U 1,6 TB/s ötkazuvçanlikka ega 128 GB xotira bilan jihozlangan, FP4 formatidagi unumdorligi esa 1784 TFLOPS deb e’lon qilingan.