Ovozli tinglash

Özbekiston Raqamli texnologiyalar vazirligi ma’lum qilişiça, raqamli texnologiyalar vazirining birinçi örinbosari Ayubxon Sultonov Bokuda Ozarbayjonning raqamli rivojlaniş va transport vaziri örinbosari Raşad Hasanov bilan uçraşdi. Muzokaralar BMTning «UN Governance Innovation Summit: Advancing Future-Ready Institutions» sammiti doirasida bölib ötdi. Özbekiston delegatsiyasiga Sultonov rahbarlik qildi.

Tomonlar raqamli davlat boşqaruvi sohasidagi hamkorlikni kengaytiriş, sun’iy intellekt asosidagi xizmatlarni rivojlantiriş va IT startaplarni qöllab-quvvatlaşni muhokama qildi. Jumladan, myGov platformasi asosida tajriba almaşiş va qöşma taşabbuslarni boşlaş, sun’iy intellekt agentlari hamda nutqni matnga aylantiriş texnologiyalari yordamida raqamli davlat xizmatlarini rivojlantiriş masalalari kötarildi.

Uçraşuvda ikki davlat IT parklari örtasidagi aloqalarni mustahkamlaş, startap ekotizimlarini rivojlantiriş va kompaniyalarning Özbekiston hamda Ozarbayjon bozorlariga çiqişiga yordam beriş haqida ham söz böldi.

UzDaily naşri avvalroq xabar berganidek, muzokaralarda IT kompaniyalarning eksport salohiyatini oşiriş, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bozorini rivojlantiriş, yuqori malakali IT iş örinlarini yaratiş hamda muhim axborot infratuzilmasini himoya qiliş masalalari ham muhokama qilingan. Tomonlar amaliy hamkorlik, tajriba almaşiş va raqamli rivojlaniş böyiça qöşma taşabbuslarni amalga oşirişdan manfaatdor ekanini yana bir bor tasdiqlagan.

Bokudagi BMT sammitining panel sessiyasi iştirokçilari

Sammit doirasida Sultonov «Mamlakatlar innovatsiyalari amalda: nima, nega va qanday miqyosda işlaydi?» sessiyasida ham çiqiş qildi. Panelda Gretsiya, Dominikan Respublikasi va Seyşel orollari hukumatlari hamda Qora dengiz iqtisodiy hamkorligi taşkiloti vakillari qatnaşdi. Ular davlat boşqaruvida innovatsiyalarni joriy etişning samarali yöllari, yetakçilik, institutsional mexanizmlar va hamkorlikning roli, şuningdek, yeçimlarni turli mamlakatlarga moslaş va kengaytiriş masalalarini muhokama qildi.