Ovozli tinglash

Google Meta Quest garnituralaridagi YouTube ilovasining immersiv, ya’ni butun makonni egallaydigan körinişini tubdan yangilayotgan bölişi mumkin. UploadVR naşri xabar berişiça, ilovaning sönggi yangilanişlarida yaşirilgan elementlar yangi dizayn Android XR’dagi versiyaga ança yaqin bölişidan dalolat beradi.

Hozirça Quest’dagi YouTube’ning asosiy dizayni 2018-yilda çiqqan Oculus Go’dagi versiyaga juda öxşaydi. Sönggi paytlarda ilovaga yuqoriroq video ölçamlari qöşildi, bu Quest 3’da 8K formatidagi 180 gradusli 3D videolarni qöllab-quvvatlaş bilan bağliq. Bundan taşqari, Quest 3 va 3S’da tasvirni aralaş reallik rejimida devorga mahkamlaş imkoniyati hamda ilovani oddiy 2D oynada oçadigan «Panel Mode» rejimi paydo böldi.

Quest’dagi YouTube ilovasining hozirgi immersiv körinişi

«Panel Mode» interfeysi aqlli televizorlardagi YouTube’ga öxşab yangilangan bölsa-da, immersiv körinişi deyarli özgarmay qolgan edi. Google va Meta videolarni birgalikda tomoşa qiliş funksiyasini ham sinab körgan, biroq u Horizon OS v81 test versiyasi bilan boşlangan Loft virtual muhitiga ötiş jarayonida olib taşlangan.

Işlab çiqilayotgan yangi immersiv körinişda asosiy oyna «Panel Mode» bilan bir xil uslubda bezatilgan. Unda Horizon OS uslubidagi boşqaruv paneli bölib, u orqali muhitni almaştiriş va panel rejimiga ötiş mumkin. Video ijro etilayotganda qöşimça qidiruv oynasini oçiş, undan tanlangan videoni asosiy oynada köriş imkoniyati ham bor. Şuningdek, tizimning virtual klaviaturasi, oynalar ölçamini özgartiriş uçun tutqiçlar va tomonlar nisbatini kontentga qarab avtomatik moslaş qöşilgan.

Naşr qayd etişiça, bu özgarişlar YouTube’ning Android XR va visionOS’dagi versiyalariga juda yaqin. Biroq ularda mavjud bölgan 360 va 180 gradusli 3D videolar uçun tomoşa maydonini sozlaş vositalari Quest versiyasida hozirça yöq. Yangi dizaynga oid ilk izlar ilovada avgust oxirida paydo bölgan. Meta esa Meta VR Glasses çiqişi arafasida dasturçilar va hamkorlarni ilovalarni makoniy operatsion tizimlarga moslaşga undamoqda.