Ovozli tinglash

CarNewsChina naşri xabar berişiça, Zeekr 7X elektr krossoverining 2027 model yiliga mansub yangilangan versiyasi Xitoyda dilerlik markazlariga namoyiş uçun yetkazila boşladi. Model yaqin orada ički bozorda sotuvga çiqadi. Yangilangan 7X 85 kWh siğimli batareya, yangi kuzov ranglari va yaxşilangan salon oldi. U Tesla Model Y, Li Auto i6 va Xiaomi YU7 bilan raqobatlaşadi.

Zeekr bu modelni Xitoy uçun ilk bor 2026-yil sentyabr boşida e’lon qilgan edi. Öşanda kompaniya vakillari yangilangan krossover bozorga 2026-yilning törtinçi çoragida 85 kWh batareya bilan çiqişini aytgan. China EV DataTracker ma’lumotlariga köra, 2026-yil yanvar–sentyabr oylarida Zeekr Xitoyda 44 871 dona 7X yetkazib bergan, bu ötgan yilning şu davriga nisbatan 2,7 foiz kam.

Yangilangan Zeekr 7X dilerlik markazida

Taşqi dizayn deyarli özgarmagan. Kuzov uçun ikki yangi rang — binafşa va oltin rang qöşildi. Old tomondagi Zeekr Stargate interaktiv displeyi, yaşirin eşik tutqiçlari va ikki ingiçka çiziqdan iborat orqa çiroqlar saqlab qolindi.

Salonda haydovçi va old yölovçi uçun elektr oyoq tayançlariga ega «nol tortişiş» uslubidagi örindiqlar, yangi qoplama, Zeekr OS 7.5 multimedia tizimi, yangi markaziy boşqaruv bloki va CDC elektromagnit amortizatsiya tizimi bor. Kompaniya vakillari avvalroq yangi batareya 1 mln km masofa va 3500 zaryadlaş sikliga möljallanganini ma’lum qilgan. Xitoydagi sertifikatlaş hujjatlarida 370 kVt (496 ot kuçi) quvvatli elektr dvigatel körsatilgan. Naşr töliq yuritmali versiya 103 kWh batareya va jami 585 kVt (784 ot kuçi) quvvatli ikki dvigatelni saqlab qolişi mumkinligini taxmin qilmoqda, biroq bu hali tasdiqlanmagan.

Zeekr 7X salonidagi örindiqlar

Krossoverning uzunligi 4825 mm, kengligi 1930 mm, balandligi 1666 mm, ğildiraklar oraliği esa 2925 mm. Hozir Xitoyda 75 kWh batareyali Max versiyasi 229 800 yuan (32 250 dollar), 103 kWh batareyali Ultra versiyasi esa 269 800 yuan (37 860 dollar) turadi. Naşr 85 kWh batareyali versiya taxminan 239 800 yuan (33 650 dollar) turişini kutmoqda.

Eslatib ötamiz, oktyabr oyida Yevropada yangilangan Zeekr 7X ning global versiyasi taqdim etilgan edi. U 800 voltli arxitekturaga qurilgan. Uning töliq yuritmali versiyasi 500 kVt (670 ot kuçi) quvvatga ega bölib, 0 dan 100 km/soatgaça 3,7 soniyada tezlaşadi, WLTP böyiça 545 km yuradi va 15 daqiqada 10 foizdan 80 foizgaça quvvatlanadi. Yevropada bu versiyaning narxi 52 990 yevro.