Ovozli tinglash

Y Combinator startap akseleratori boş direktori Garry Tan sun’iy intellekt agentlari işlatadigan tokenlarga yiliga taxminan 100–200 ming dollar sarflaşini ma’lum qildi. U bu haqda Walter Isaacson’ning The Builders podkastining yangi sonida gapirib berdi, deb xabar bermoqda TechCrunch. Tan bunday xarajatlarni «hamma ham qila olmaydigan aqldan ozgan imtiyoz» deb atadi.

Tan agentlardan iş loyihalari va dasturlaş uçun foydalanadi. Boşqalarga agentlarning imkoniyatlarini körsatiş maqsadida u 23 ta Claude Code könikmasidan iborat gstack töplamini GitHub’da e’lon qilgan. Agent unga podkastga tayyorgarlik körişda ham yordam bergan: Isaacson haqida ma’lumot yiğib, berilişi mumkin bölgan savollarni oldindan aniqlagan.

Garry Tan tadbirda nutq sözlamoqda

Tan söziga köra, agent uning kundalik hayotini boşqarişga ham yordam beradi. «U mening barça elektron xatlarimni va butun Dropbox’imni öqib çiqqan», dedi Tan. Agent uning Apple Notes’dagi qaydlarini, jumladan sönggi 20 yillik terapiya qaydlarini ham körib çiqqan. Tan agentni «doimo yelkangizda turadigan Jiminy Cricket»ga qiyosladi. U OpenClaw’ning ilk foydalanuvçilaridan biri bölib, agentlarga an’anaviy dasturiy ta’minot kabi qaramaslik kerakligini aytadi: uning fikriça, «takrorlanuvçanlik va xavfsizlik»ka haddan taşqari berilib ketiş agentlarni foydali qiladigan jihatlarni yöqotişga olib keladi.

Tanning aytişiça, Y Combinator ham agent yordamida «YC’dagi iş uslubini qayta qurmoqda». Stray Light deb nomlangan içki agentning öz xarakteri va «kompaniya miyasi» bor: unda YC qöllab-quvvatlagan barça asosçilar, akseleratorga xat yozgan har bir inson va barça arizalar haqidagi ma’lumotlar jamlangan.

Tan şaxsiy sun’iy intellekt agentlari narxlar tuşgandan keyin ommalaşadi, deb hisoblaydi: «Hozirça bu juda qimmat». U, şuningdek, yirik texnologiya kompaniyalarining bepul agentlarini tanqid qilib, Meta misolida algoritmni nazorat qiluvçi ulkan kompaniyalar örniga foydalanuvçining özi boşqaradigan va dasturlaydigan şaxsiy sun’iy intellekt kerakligini ta’kidladi.