Ovozli tinglash

Xiaomi Xitoy bozorida Mijia Smart Built-in Dishwasher nomli yangi örnatiladigan aqlli idiş yuviş maşinasini sotuvga çiqardi. ITHome naşri xabar berişiça, uning narxi 2600 yuan, ya’ni taxminan 365 dollarni taşkil etadi.

Xiaomi Mijia örnatiladigan idiş yuviş maşinasi

Maşina 13 komplekt idiş uçun möljallangan: işlab çiqaruvçining ta’kidlaşiça, u uç kişilik oilaga mos keladi. Uning içki hajmi 104 litr. Idişlar 75 °C gaça haroratda yuviladi, Xiaomi esa sterilizatsiya darajasi 99,99% ekanini ma’lum qilgan. Qurilma Xitoyning energiya samaradorligi böyiça birinçi darajali standartiga javob beradi.

Kompaniya içki savatlarni qayta işlab çiqqan: endi maşinaga bir vaqtning özida ikkita qozon hamda bir mahal ovqatdan keyingi barça idiş-tovoq va oşxona anjomlarini joylaş mumkin. Mört şişa idişlarni suv oqimidan himoya qiliş uçun vino qadahlariga alohida uşlagiç ham berilgan.

Mijia idiş yuviş maşinasining içki savatlari

Idiş yuviş maşinasi Xiaomi HyperOS Connect texnologiyasini qöllab-quvvatlaydi va Mi Home ilovasi orqali masofadan boşqariladi. Uning quritiş samaradorligi indeksi 1,21 ga teng.

Yuviş sikli tugağaç eşik avtomatik ravişda oçiladi. Bu tabiiy havo aylanişini boşlab beradi, idişlarning tezroq qurişiga yordam beradi va ularda suv doğlari qolişining oldini oladi.