Ovozli tinglash

Microsoft Intel bilan hamkorlikni kuçaytirib, yangi uzoq muddatli kelişuv tuzganini e’lon qildi. 3DNews naşri TechPowerUp va Microsoft ma’lumotlariga tayanib xabar berişiça, Microsoft Azure uçun möljallangan maxsus çiplarida Intel Foundry’ning EMIB (Embedded Multi-die Interconnect Bridge) korpuslaş texnologiyasidan foydalanişni rasman tasdiqlagan birinçi kompaniya böldi.

Intel va Microsoft hamkorligi

Microsoft EMIB-T variantini qöllaydi. Bu texnologiya ustma-ust joylaşgan kristallarga vertikal ravişda quvvat yetkazib beriş uçun kremniy orqali ötuvçi ulanişlarni (TSV) öz içiga oladi. Kompaniyaning öz çiplari qatoriga sun’iy intellekt inferensi uçun möljallangan Maia 200 tezlatgiçi va aqlli agentlar uçun optimallaştirilgan Cobalt 200 protsessori kiradi. Ularning kelgusi avlodlari Intel Foundry korpuslaş texnologiyalari, jumladan EMIB va EMIB-T asosida yaratiladi.

Kelişuv Azure’ni bir neça yil davomida Intel Xeon server protsessorlari, jumladan kelgusi Xeon 7 (Diamond Rapids) bilan ta’minlaşni ham kafolatlaydi. Kompaniyalar Xeon protsessorlarini Compute Express Link (CXL) bilan integratsiya qiliş ustida birgalikda işlaydi. Microsoft ma’lumotlariga köra, CXL xotirasi va Xeon 6 dagi Intel Flat Memory Mode Azure M v4 virtual maşinalarining unumdorligi va xotira moslanuvçanligini 2,3 baravargaça oşirgan.

Microsoft Maia tezlatgiçlari örnatilgan server platasi

Bundan taşqari, Microsoft Intel QuickAssist (QAT) texnologiyasidan foydalanişni rejalaştirmoqda: QAT qöllangan ilk bulut virtual maşinalarida SQL ma’lumotlar bazalarining zaxira nusxalarini yaratiş 2,5 baravargaça tezlaşgan. Kompaniya, şuningdek, Intel Trust Domain Extensions (TDX) texnologiyasini ham qöllaydi. U virtual maşina bir jismoniy serverdan boşqasiga köçirilganda uning xotirasi va protsessor registrlari holatini şifrlaydi.

Intel ijroiya vitse-prezidenti, texnologiyalar va operatsiyalar böyiça boş direktori hamda Intel Foundry rahbari Naga Çandrasekaran EMIB korpuslaşi va kompaniyaning işlab çiqariş quvvatlari Azure mijozlariga unumdorlik va xarajatlar samaradorligining yangi darajasini berişini ta’kidladi. Microsoft’ning Azure tizimlari va arxitekturasi böyiça korporativ vitse-prezidenti Saurabh Dighe esa mijozlarga ular uçun haqiqatan muhim bölgan iş yuklamalari atrofida qurilgan infratuzilma kerakligini, Intel bilan uzoq muddatli hamkorlik esa bunga xizmat qilişini aytdi.