Xiaomi elektromobillari 2027-yilda Yevropa Ittifoqining tört davlatida — Germaniya, Italiya, Ispaniya va Şvetsiyada sotuvga çiqadi. Bu haqda ITHome naşri xabar berdi. CarNewsChina ma’lumotiga köra, guruh prezidenti Lu Veybing 24-noyabr kuni bölib ötgan moliyaviy hisobot taqdimotida kompaniya 2027-yilda sotuv boşlanişidan oldin avtomobillarni şu tört davlatda sinovdan ötkazişni rejalaştirayotganini aytgan.

Sinovlar yetti maydonda ötkaziladi: muhandislar u yerda avtomobil funksiyalari va yuqori tezlikdagi xususiyatlarini tekşiradi. Sentabr oyida Lu Veybing Şvetsiyadagi Arjeplog qişki sinov majmuasi va Germaniyadagi Nürburgring trassasini tilga olgan edi. Aynan Nürburgringda SU7 Ultra 2025-yilda Nordschleife halqasini 7:04.957 da bosib ötib, elektr sedanlar orasida rekord örnatgan, YU7 GT esa 2026-yilda 7:22.755 natija bilan seriyali elektr krossoverlar rekordini qayd etgan.
Germaniya tasdiqlangan bozorlardan biri: Xiaomi’ning Yevropadagi tadqiqot markazi Myunxenda joylaşgan. Sentabrda Berlindagi IFA körgazmasida kompaniya sotuv va servis xizmati uçun sakkizta nemis dilerlik guruhi, jumladan Emil Frey Germany, Ernst Dello va LUEG bilan anglaşuv memorandumlarini imzolagan. Şvetsiya, Ispaniya va Italiyadagi sotuv muddatlari esa hali aytilmagan. Xalqaro biznes yönalişiga avtomobil bölimi vitse-prezidenti Yu Liguo rahbarlik qiladi.
Qaysi modellar Yevropaga olib kelinişi hali ma’lum emas. CarNewsChina SU7 sedani, YU7 krossoveri va YU7 GT versiyasi çiqişini kutmoqda. Yevropa Ittifoqi Xitoy elektromobillariga kompensatsion bojlar joriy etgan bölib, Xiaomi uçun umumiy import boji 45,3 foizni taşkil qiladi.
Xitoyda esa kompaniya uçinçi çorakda 100 975 ta avtomobil yetkazib bergan, oktabrda oylik yetkazib berişlar 50 mingdan oşgan. Noyabr oyida Xiaomi Birlaşgan Arab Amirliklarida SU7, YU7 va Skynomad modellariga buyurtmalar qabul qilişni boşlagan edi.