Ovozli tinglash

Ukraina Oliy Radasi raqamli aktivlar bozorini tartibga soluvçi 10225-d raqamli qonun loyihasini yakuniy öqişda qabul qildi. ForkLog xabar berişiça, hujjatni 271 nafar deputat qöllab-quvvatlagan, 8 nafari qarşi ovoz bergan. Qonun kuçga kirişi uçun prezident imzosi talab etiladi, yangi qoidalar esa 2027-yil iyulidan amal qila boşlaydi.

Hujjat kriptovalyutalarning huquqiy maqomini belgilaydi va Ukraina qonunçiligini Yevropa Ittifoqining MiCA reglamentiga yaqinlaştiradi. Bozorni Qimmatli qoğozlar va fond bozori böyiça milliy komissiya nazorat qiladi, elektron pullar va valyuta nazorati esa Ukraina Milliy banki ixtiyorida qoladi. Kriptobirjalar, aktivlarni saqlovçi kompaniyalar va bozorning boşqa iştirokçilari avtorizatsiya olişi, 60 kun içida röyxatdan ötişi va rezidentlar operatsiyalari haqida har yili hisobot berişi şart. Pullarni legallaştirişga qarşi tekşiruvlar ham kuçaytiriladi.

Ukraina bayroği va kriptovalyuta

Soliq kriptovalyutani sotiş va sotib oliş narxi örtasidagi farqdan undiriladi. Bir tangani boşqasiga almaştiriş, şuningdek bir eng kam iş haqi miqdoridagi foyda soliqqa tortilmaydi. 2028-yilgaça imtiyozli stavka amal qiladi: 5 foiz daromad soliği va 5 foiz harbiy yiğim. Undan keyin 18 foiz daromad soliği va 5 foiz harbiy yiğim qöllaniladi. Kriptovalyuta operatsiyalari qöşilgan qiymat soliğidan ozod etiladi.

Qonun loyihasi böyiça işçi guruh rahbari, deputat Yaroslav Jeleznyak Telegram’da «Nihoyat, 35 yil davomida imkonsiz bölgan işni qildik» deb yozdi. Uning sözlariga köra, kriptovalyutalardan olinadigan soliqlar budjetga qöşimça 15 mlrd grivna (taxminan 330 mln dollar) olib kelişi kutilmoqda. CoinDesk qayd etişiça, bu mablağ qança muddatda tuşişi aniqlanmagan. Chainalysis ma’lumotlariga köra, 2024-yil örtasidan 2025-yil örtasigaça Ukraina 206,3 mlrd dollarlik kriptovalyuta qabul qilib, bu körsatkiç böyiça Yevropada törtinçi örinni egallagan.

Hujjat atrofida Milliy bank bilan kelişmovçiliklar bölgan: 4-noyabrda regulyator qonun loyihasining öşa paytdagi versiyasini qöllab-quvvatlamagan edi. 23-noyabrda parlament qömitasi uni qayta körib çiqib, bir ovozdan ma’qulladi. Jeleznyakning ma’lum qilişiça, Milliy bank va komissiya barça masalalarni kelişib olgan. Eslatib ötamiz, Rada 2022-yil fevralida «Virtual aktivlar töğrisida»gi qonunni qabul qilgan, biroq u Soliq kodeksiga özgartirişlar kiritilmagani sababli kuçga kirmagan edi.