Taniqli insayder Digital Chat Station yaqinda paydo bo‘ladigan OnePlus Ace 2 Pro smartfoni Snapdragon 8 Gen 2 bir chipli tizimga ega bo‘lishini aytdi. Uning qo‘shimcha qilishicha, OnePlus Ace 2 Pro tor ramkali yon tomonga egilgan ekranga ega bo‘ladi. Ekran o'lchamlari 1,5K bo'ladi. Uskunaga optik stabilizatsiyaga ega 50 megapikselli Sony IMX890 kamerasi va turli versiyalarda 100 yoki 150 Vt tez zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydigan 5000 mA/soat akkumulyator kiradi.
Chiqarilish sanasi va narxi haqida hozircha ma’lumot yo‘q, biroq avvalroq o‘sha insayder uning yozda chiqarilishi va Redmi K60 Ultra va Realme GT Neo5 Pro bilan raqobatlashishini aytgan edi. Digital Chat Station birinchi bo‘lib Redmi K60 va Xiaomi 13 spetsifikatsiyalari va chiqish sanalarini aniq e’lon qildi.