Ovozli tinglash

Donald Tramp ma’muriyati ko‘mir sanoatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha sa’y-harakatlar doirasida 47 ta elektr stansiyasini, jumladan, mamlakatdagi eng ifloslantiruvchi hisoblangan Montanadagi Colstrip elektr stansiyasini vaqtinchalik istisno qildi. Bloomberg News tanishgan hujjatga ko‘ra, ushbu obyektlar Jo Bayden ma’muriyati davrida joriy etilgan simob va boshqa toksinlar emissiyasi bo‘yicha me’yorlarni ikki yilga kechiktiradi. Istisnolar 2027-yil iyul oyidan kuchga kiradi va 2029-yil iyulgacha davom etadi.

V ramkax usiliy po podderjke ugolnoy promishlennosti administratsiya Donalda Trampa vremenno isklyuchila 47 elektrostansiy, v tom chisle elektrostansiyu Colstrip v Montane, kotoraya schitayetsya samoy zagryaznyayushey v strane. Soglasno dokument-u, s kotorim oznakomilas Bloomberg News, eti obyekti otkladivayut na dva goda normi po vibrosam rtuti i drugix toksinov, kotorie bili vvedeni v period administratsii Jo Baydena. Isklyucheniya vstupayut v sil-u s iyulya 2027 goda i prodoljayutsya do iyulya 2029 goda.

Ekologik tashkilotlar qarorni tanqid qilishdi. Tabiiy resurslarni muhofaza qilish kengashi (NRDC) katta yuristi Jon Uolkning ta’kidlashicha, aksariyat stansiyalar allaqachon chiqindilarni kamaytirish uskunalari bilan jihozlangan, Colstrip bundan mustasno. "Texnologiyalar mavjud emasligi haqidagi da’volar bema’nilikdir. Obyektlardan foydalanishni minimal xarajatlar bilan to‘g‘rilash kifoya," - deya qo‘shimcha qildi u.

Atrof-muhitni muhofaza qilish agentligi (EPA) ma’lumotlari shuni tasdiqlaydiki, Colstrip AQSH ko‘mir elektr stansiyalari orasida mayda zarrachalar (PM2.5) emissiyasi bo‘yicha yetakchilik qiladi. Zaharli metallar va kulni o‘z ichiga olgan bu zarralar o‘pka, yurak, astma kasalliklarini qo‘zg‘atadi va erta o‘lim xavfini oshiradi.

Istisno qilingan kompaniyalar orasida Ameren Corp., Dominion Energy, NRG Energy, Entergy Corp. va Minnkota Power Cooperative bor. Umuman olganda, imtiyozlar 60 dan ortiq energiya bloklariga tatbiq etiladi.

Qaror ma’muriyat tomonidan 2025-yil 9-aprelda e’lon qilingan chora-tadbirlar paketining bir qismi bo‘lib, ko‘mir qazib olish va undan foydalanishni kengaytirishni o‘z ichiga oladi. Rasmiylarning ta’kidlashicha, sanoat energiya balansining asosiy elementi bo‘lib qolmoqda, ayniqsa sun’iy intellektning rivojlanishi tufayli elektr energiyasi iste’molining o‘sishi fonida. Tanqidchilar esa e’lon qilingan "toza ko‘mir" kursi va real ekologik oqibatlar o‘rtasida ziddiyat borligini ta’kidlamoqda.