Rossiyaning yirik operatorlari maʼlumotlariga tayanib, “Vedomosti” nashrining yozishicha, Telegram 2022-yilda boshqa messenjerlar orasida birinchi oʻrinni egallab, birinchi marta trafik boʻyicha WhatsApp’ni ortda qoldirdi.
Shu yil boshida Telegram Rossiyadagi messenjerlar trafigining 60-80 foizini tashkil qilgan. VimpelCom maʼlumotlariga koʻra, Telegram trafigi oʻsishni davom etmoqda. Megafon vakili Telegram 2022-yil martidan beri trafik bo‘yicha yetakchilik mavqeini saqlab qolganini ta’kidladi.

MTS maʼlumotlariga koʻra, WhatsApp foydalanuvchilar soni boʻyicha hamon yetakchilik qilmoqda, biroq 2023-yilda Telegram undan oʻzib ketishi mumkin. Tele2’ning qo‘shimcha qilishicha, Telegram eng tez rivojlanayotgan messenjer bo‘lib, uning auditoriyasi yil davomida 50 foizga oshgan. Messenjerning mashhurligi nafaqat multimedia xabarlarini almashish imkoniyati, balki yangiliklar va ko'ngilochar kanallarning ko'pligi bilan ham izohlanadi.
Mediascope ma’lumotlariga ko‘ra, Telegram auditoriyasi yil davomida kuniga 25,5 milliondan 48,8 million foydalanuvchiga o‘sgan. Rossiyadagi Telegram mamlakatdagi barcha internet foydalanuvchilarining qariyb 40 foizini tashkil qiladi.