Ovozli tinglash

Telegram 2026-yil boşidan buyon 29 812 610 ta guruh va kanalni blokladi. Bu haqda iXBT.com naşri messenjerning sönggi statistikasiga tayanib xabar berdi. Xuddi şu raqam Telegram’ning moderatsiya sahifasida ham körsatilgan.

Telegram logotipi fonida turgan odam tasvirlangan illustratsiya

Statistikaga köra, bloklangan hamjamiyatlarning 485 103 tasi bolalarga nisbatan jinsiy zöravonlik materiallari bilan, 197 752 tasi esa terrorçilik faoliyati bilan bağliq.

Kompaniya ma’lum qilişiça, qoidalarni buzgani uçun har kuni millionlab xabarlar öçiriladi, ön minglab guruh va kanallar esa bloklanadi. Çeklovlar zöravonlikka çaqiradigan, bolalarga nisbatan jinsiy zöravonlik materiallarini tarqatadigan yoki noqonuniy tovarlar sotişni taklif qiladigan hamjamiyatlarga nisbatan qöllaniladi. Telegram foydalaniş şartlarini buzadigan kontentni har kuni aniqlab, öçirişda davom etayotganini ta’kidladi.

Smartfon ekranida oçilgan Telegram ilovasi

Telegram’ning xavfsizlik sahifasida aytilişiça, moderatsiya foydalanuvçilar şikoyatlari hamda 2015-yildan beri işlatilayotgan maşinali öqitişga asoslangan monitoringga tayanadi. 2024-yil boşida bu tizimga sun’iy intellekt asosidagi yangi vositalar qöşilgan. Ommaviy rasmlar esa xeşlar bazasi bilan solişitiriladi. Kompaniya terrorçilikka qarşi kuraşda ETIDAL taşkiloti bilan hamkorlik qilayotganini ham ma’lum qilgan.