Nyu-Yorkdagi Supertake startapi seed raundida 20 mln dollar investitsiya jalb qildi. Bu haqda TechCrunch naşri xabar berdi. Raundga Adjacent fondi boşçilik qilgan, unda Coinbase Ventures va Union Square Ventures (USV) ham qatnaşgan. Bundan oldin kompaniya 2 mln dollarlik pre-seed raundini ötkazgan va aynan USV qoşida işni boşlagan. Startap qiymati oçiqlanmagan.

Xizmatning ğoyasi oddiy: foydalanuvçi bozor haqidagi öz fikrini — «take»ni oddiy tilda tuşuntiradi. Sun’iy intellekt u bilan muloqot qilib, ğoyani investitsiya qiliş mumkin bölgan şaklga keltiradi, söngra yetakçi AI modellari va savdo agentlari uni haqiqiy portfelga aylantiradi. Hozirça portfellar aksiyalardan iborat. Masalan, uzoq umr körişga va taşqi körinişga bölgan qiziqiş ösadi degan fikr asosida farmatsevtika va kosmetika kompaniyalari aksiyalaridan portfel tuziladi. Fikrlar saytdagi reytingda körsatiladi, unga qöşilganlar ham şu portfelga sarmoya kiritişi mumkin.
Supertake asoşçisi va ijroiya raisi — Michael Mignano. U 2019-yilda Spotify 150 mln dollardan ortiq summaga sotib olgan Anchor podkast platformasiga asos solganlardan biri, keyinçalik Spotify’da podkastlar yönalişini boşqargan va apreldan beri USV’da boşqaruvçi hamkor. Kompaniyani boş direktor Lincoln Murr va texnik direktor John Peterson boşqaradi. Ikkalasi ham Coinbase’dan kelgan, u yerda AI mahsulotlari va muhandislik yönalişlariga rahbarlik qilgan.

Jamoa xavfsizlik çoralariga alohida e’tibor qaratmoqda: AI foydalanuvçining aniq roziligisiz pul kiritiş yoki yeçib oliş imkoniga ega emas, qaysi aktivlar bilan savdo qiliş mumkinligi röyxatlar orqali çeklanadi, savdo hajmiga limit qöyiladi, agentlar esa broker hisobi ma’lumotlarini körmaydi. Murr xizmat prognozlar bozori emasligini, kompaniya hozirça örta va uzoq muddatli investitsiyalarga e’tibor qaratayotganini aytdi.
Supertake hozir beta-versiyada işlamoqda va unga kutiş röyxati orqali kiriş mumkin. Xizmat Coinbase va Robinhood bilan integratsiya qilingan, kelajakda boşqa brokerlar, şuningdek qisqa pozitsiyalar, derivativlar va prognozlar bozorlari qöşiliş rejalaştirilgan. Jalb qilingan mablağ jamoani kengaytirişga sarflanadi.