Ovozli tinglash

Qoronğu fantastika janridagi Grimlord virtual reallik öyini PlayStation VR2 platformasida çiqdi. UploadVR naşri xabar berişiça, öyin uzoq kutilgan Definitive Edition yangilanişi bilan birga yetib keldi: unda yangi qon va jarohatlar tizimi, yaxşilangan unumdorlik, qayta işlangan grafika va yangi iste’dodlar daraxti hamda boşqa köplab imkoniyatlar bor. Definitive Edition Steam’da ham mavjud, Quest uçun esa keyinroq çiqariladi.

Grimlord öyinidan lavha

Öyin işlab çiquvçisi MetalCat studiyasi PlayStation VR2 versiyasi ustida ança vaqtdan beri işlab kelgan. Naşrning yozişiça, dastlab uni şu yilning ertaroq paytida çiqarış rejalaştirilgan edi.

Yangilanişdan söng jangda insonsimon duşmanlarning tanasini bir neçta joyidan kesib tuşiriş mumkin böldi. Qon va jarohatlar köpaydi, jang izlari esa atrof-muhitda saqlanib qoladi.

Grimlord’dagi jang sahnasi

Iste’dodlar tizimi töliq qayta işlandi: endi u turli qurollar, zarar turlari va jang uslublari atrofida tuzilgan. Bu imkoniyatlarning barçasi avval ham bölgan, ammo endi öyinçi qurolni öz uslubiga moslaştiriş örniga muayyan jang uslubini tanlab, qahramonini şu yönalişda rivojlantira oladi. Muz, olov va çaqmoq sehrlari öziga xos alohida qobiliyatlarga ega böldi, qoronğu va muqaddas sehr uçun esa alohida tarmoqlar qöşildi. Yangi «sekin harakat» iste’dodi öyinçini vaqtinçalik vaqt sekinlaşadigan holatga ötkazadi, bu himoyalaniş va hujumga tayyorlanişga yordam beradi.

Grimlord hozir PlayStation VR2, Steam va Quest platformalarida mavjud. Steam sahifasiga köra, öyinni Metalcat Interactive kompaniyasining özi işlab çiqqan va naşr etgan, u Unreal Engine 5 dvigatelida yaratilgan. Öyin Steam’da 2023-yil 22-iyunda erta kiriş rejimida paydo bölgan, töliq versiyasi esa 2024-yil 19-dekabrda çiqqan.