Ovozli tinglash

Somnium Space ijtimoiy virtual reallik platformasi yillik Connect tadbirida Dreamport nomli yangi funksiyani e’lon qildi. Road to VR naşri xabar berişiça, u PC VR uçun hamjamiyat yaratgan modlarni bir joyda qidiriş, yuklab oliş va işga tuşiriş imkonini beradi. Dreamport 17-dekabrda işga tuşiriladi. Modlardan foydalaniş uçun asl öyin fayliga egalik qiliş talab etiladi.

Somnium Space oddiy ekran uçun çiqarilgan öyinlarning rasmiy VR versiyalarini yaratuvçi Flat2VR Studios bilan hamkorlik qilmoqda. Dastlab beşta pullik integratsiya taklif etiladi: Roboquest VR, I Am Your Beast VR, FlatOut 4 VR, WRATH: Aeon of Ruin VR va V-Racer Hoverbike. Roboquest VR va I Am Your Beast VR dekabrda, qolgan uçtasi esa 2027-yilning birinçi çoragida çiqişi kutilmoqda. Ularning narxi hozirça ma’lum qilinmagan.

Dreamport orqali işga tuşirilgan Halo VR modi

Dreamport Somnium Space SDK asosida qurilgan bölib, ijodkorlarga C# tilida xavfsiz skript yoziş imkonini beradi. Kompaniya Dreamport uçun alohida dasturçi vositalarini ham çiqarmoqda. Foydalanuvçilar yaratgan barça modlar bepul böladi. Hozirgaça Age of Mythology, Assetto Corsa, Black Ops 2, Fallout 2, GTA Vice City, Halo, Metroid Prime, Phasmophobia, Quake 3, Rec Room, Skyrim va World of Warcraft uçun modlar namoyiş etilgan.

Modlar Somnium Space içida işlagani uçun bir kişilik öyinlarni ham Somnium avatari orqali döstlar bilan birga öynaş mumkin. Platformaning çat va videoqöngiroq vositalari öyin davomida ham, mobil ilova orqali ham işlaydi. Road to VR muallifining yozişiça, taqdimotda World of Warcraft, Halo va Skyrim modlari tez yuklangan, ular orasida portallar orqali bemalol ötiş mumkin bölgan.

Yangilik platformaning Steam’ga qaytişi bilan bir vaqtga töğri keldi. Somnium Space 2021-yilda Valve kriptoöyinlarni çiqarib taşlagan paytda Steam’dan olib taşlangan edi. Öşandan beri ilova kripto integratsiyalariga kamroq urğu bermoqda. U hamon faqat kattalar uçun möljallangan va haqiqiy şaxs tasdiqlanib röyxatdan ötiladigan platforma bölib qolmoqda.