Rossiyaning Sber kompaniyasi 7500 seriyali aqlli televizorlarini sotişni boşladi. Bu haqda SberDevices ma’lum qildi. Seriyaga QLED ekranli 43, 50, 55 va 65 dyuymli modellar kirgan, narxi 37 ming rubldan boşlanadi.

Televizorlarni pultsiz, ovoz orqali boşqariş mumkin: FarField texnologiyasi buyruqlarni uzoq masofadan taniydi. Ularga GigaChat sun’iy intellekt yordamçisi örnatilgan. U savollarga javob beradi, foydalanuvçining didiga qarab film va seriallar tanlab beradi. Yordamçi bilan ekran öçiq holatda ham gaplaşiş mumkin, bu holda televizor aqlli kolonka vazifasini bajaradi.
Yangi seriyaning 7000 seriyasidan asosiy farqi DLG texnologiyasidir: u qöllab-quvvatlanadigan rejimlarda ekran yangilaniş çastotasini 120 Gs gaça oşiradi. Yaratuvçilarning aytişiça, bu dinamik sahnalarni, jumladan, öyinlarda ham ravonroq qiladi.
Televizorlarda yangilangan 24 Vt quvvatli dinamiklar bor, 65 dyuymli modelda esa bu körsatkiç 30 Vt. Ular Salut TV operatsion tizimida işlaydi: u umumiy qidiruv satri orqali film va seriallarni bir neçta onlayn-kinoteatrda birdaniga izlaş imkonini beradi.