Samsung Galaxy S26 yaqinda sertifikatlangan Exynos protsessori tufayli Bluetooth 6.1 ni qo‘llab-quvvatlaydigan birinchi smartfonlardan biri bo‘lishi mumkin.
Bluetooth SIG ma’lumotlariga ko‘ra, kompaniyaning navbatdagi flagmani yanada tezkor, aqlli va xavfsiz simsiz ulanishlarni ta’minlaydi, bu esa Galaxy qurilmalarining quloqchinlar, taqiladigan qurilmalar va aqlli uy qurilmalari bilan ishlashini yaxshilashi mumkin.
Yangi Exynos S6568 Exynos ilova protsessori bilan birgalikda Bluetooth va Wi-Fi-ni qo‘llab-quvvatlaydigan aloqa moduli sifatida tasvirlangan. Tavsifga ko‘ra, "S6568 mos Exynos ilova protsessori bilan Bluetooth 6.1 qo‘llab-quvvatlanadigan to‘liq Bluetooth + Wi-Fi yechimini yaratish uchun mo‘ljallangan."

Samsung Galaxy S26 lineykasidagi smartfonlarning Snapdragon 8 Elite Gen 5’dagi versiyalari yangi texnologiyani qo‘llab-quvvatlashi hozircha noma’lum, chunki Snapdragon 8 Elite Gen 5 6.1 emas, balki Bluetooth 6.0’ni qo‘llab-quvvatlaydi.
Chiqarilishi 2026-yil martiga qoldirilgani aytilayotgan Galaxy S26 seriyasi aksariyat hududlarda Exynos 2600, AQSH va Xitoyda esa smartfonlar Snapdragon 8 Elite Gen 5 bilan jihozlanishi kutilmoqda.