RedMagic kompaniyasi Xitoyda RedMagic 12 Pro+ nomi bilan taqdim etilgan geymerlar smartfonining global versiyasi – RedMagic 12 Pro narxlari va sotuv sanalarini e’lon qildi. GSMArena naşri xabar berişiça, qurilma 6,85 dyuymli 1,5K OLED ekranga ega. BOE işlab çiqargan bu panel kompaniya ta’kidlaşiça, sohada birinçi bölib 185 Gs yangilaniş çastotasini taklif qiladi. Ekran yorqinligi 1900 nitgaça, lokal hududlarda esa 5000 nitgaça yetadi, ramkalari 0,96 mm ni taşkil etadi.

Smartfon Snapdragon 8 Elite Extreme Gen 6 protsessori, RedCore R5 öyin çipi va G1 displey çipida işlaydi. U 16 GB gaça operativ va 1 TB gaça doimiy xotira bilan taklif etiladi. 16 Mp li old kamera ekran ostiga joylaşgan, orqa tomonda esa optik stabilizatsiyali 50 Mp asosiy va 50 Mp keng burçakli kameralar örnatilgan. Batareya siğimi 8400 mAh ni taşkil etadi – bu RedMagic 11 Pro’dagidan 12 foiz köp. Global versiya 80 Vt simli quvvatlantirişni qöllaydi (Xitoy versiyasida 120 Vt), simsiz quvvatlantiriş ham mavjud.
Qurilmada RGB yoritkiçli AquaCore Cooling System 3.0 ikki konturli suyuq sovutiş tizimi, daqiqasiga 25 500 marta aylanadigan ventilyator va Liquid Metal 4.0 qöllanilgan. Smartfon IP68/IP69 standarti böyiça himoyalangan, qalinligi 8,5 mm. U Android 17 asosidagi RedMagic OS 12 bilan işlaydi, Gemini integratsiyasi va Steam’ga kiriş imkoniyati bor.
Şimoliy Amerikada narxlar 12/256 GB versiya uçun 949 dollardan boşlanadi, 16/512 GB versiya 1049 dollar, 16 GB/1 TB versiya esa 1199 dollar turadi. Yevropada narxlar 899, 999 va 1199 yevroni, boşqa bozorlarda esa 899, 999 va 1199 dollarni taşkil etadi. Naşr qayd etişiça, Yevropada har bir konfiguratsiya ötgan yilgi modelga nisbatan 200 yevroga qimmatlaşgan. Smartfon qora (Nightfreeze) va kumuşrang (Subzero) ranglarda çiqadi. Oldindan buyurtma vauçerlari 12–17-noyabr kunlari tarqatiladi, ommaviy sotuvlar esa 18-noyabrdan boşlanadi.