Ovozli tinglash

Endi Veyrning «Project Hail Mary» ilmiy-fantastik romani va filmi asosida yaratilgan Project Hail Mary: Journey Among the Stars aralaş reallik öyini 12-noyabrda çiqadi. UploadVR naşri xabar berişiça, u Meta Quest 3 va Quest 3S, Pico hamda Android XR qurilmalarida mavjud böladi. Öyinga oldindan buyurtma berişni hozirning özidayoq amalga oşiriş mumkin.

Project Hail Mary: Journey Among the Stars öyinining rasmiy posteri

Loyihani Maze Theory studiyasi Amazon MGM Studios bilan hamkorlikda işlab çiqmoqda. Road to VR ma’lumotiga köra, öyin uçun Endi Veyr bilan birga butunlay yangi, ilgari aytilmagan bob yozilgan: voqealar Hail Mary missiyasining muhim lahzalaridan birida keçadi.

Foydalanuvçi filmda Rayan Gosling ijro etgan boş qahramon Rayland Greys rolida öynaydi. Kema tizimlari işdan çiqa boşlaydi va öyinçi begona aql egasi Rokki bilan birga muammoning sababini aniqlab, uni bartaraf etişi kerak. Öyin davomida Rokki bilan döstlik riştalari mustahkamlanadi, ilm-fan va muhandislik bilimlari esa Hail Mary kemasini butun saqlab, yukni Rokkining ona sayyorasiga yetkaziş uçun kerak böladi.

Hail Mary kemasining illyuminatori orqali kosmos manzarasi

Aralaş reallik formati tufayli kema içi foydalanuvçining haqiqiy xonasiga «köçib ötadi» va öyin jarayoni atrofdagi muhitga ham yoyiladi. Oldindan buyurtma bergan öyinçilar Rokki, Greys va Hail Mary kemasining uçta eksklyuziv raqamli haykalçasini oladi, ularni aralaş reallik rejimida tomoşa qiliş mumkin.