OpenAI ChatGPT’da GPT-6.2 modelini joriy qiliş jarayonini boşladi. Neowin naşri xabar berişiça, bu kundalik suhbatlar uçun möljallangan yangilangan model bölib, u foydalanuvçining murakkab sörovlarini avvalgidan yaxşiroq tuşunadi.
Xususan, GPT-6.2 bir vaqtning özida bir neçta şartni hisobga oladigan sörovlar bilan yaxşiroq işlaydi. Masalan, mehmonxona tanlaşda u byudjet, joylaşuv va foydalanuvçining boşqa istaklarini birga inobatga ola biladi.

Model qöşimça amallarni qaçon taklif qiliş kerakligini ham yaxşiroq aniqlaydi. Aytaylik, foydalanuvçi çegirmadagi mahsulotni qidirayotgan bölsa, ChatGPT uning narxini kuzatib boriş va arzonlaşganda xabar beriş taklifi bilan çiqişi mumkin.
OpenAI’ning içki sinovlariga köra, GPT-6.2 bir neçta körsatkiç böyiça oldingi versiyadan ustun. Eng katta ösiş tasvirlarni taniş qobiliyatida qayd etilgan: 24,3 foiz punktga. Internetda murakkab qidiruv natijalari ham yaxşilangan. Bundan taşqari, model ösmirlar bilan muloqotda, jumladan ovqatlaniş buzilişlari, hissiy qaramlik va yoş çeklovlari mavzularida xavfsizlik qoidalariga qat’iyroq amal qiladi: bu körsatkiç GPT-6’dagi 77–80 foizdan 91–94 foizgaça oşgan.
Hozirça GPT-6.2 ChatGPT Plus, Pro, Business va Enterprise obunaçilari uçun mavjud. Bepul va Go tariflari foydalanuvçilari yangi modelni qaçon olişi haqida OpenAI hali ma’lum qilmagan.