Ovozli tinglash

NASA Oy bazasi loyihasi doirasida yangi şartnomalarni e’lon qildi va yadroviy energiya qurilmasiga ega PROMISE roveri ustidagi işlarni davom ettirmoqda. Bu haqda 3DNews NASA ma’lumotlariga tayanib xabar berdi. Olti ğildirakli apparat Oyning janubiy qutbi yaqiniga qöndiriladi hamda uzoq davom etadigan Oy tunida va muz bölişi mumkin bölgan doimiy soya hududlarida ham işlay oladi.

Oy bazasining rassom tasavvuridagi körinişi

Rover sirt va yer osti qatlamini örganadi, resurslarni baholaydi, kelgusi missiyalar uçun qöniş joylarini izlaydi hamda infratuzilmani qöllab-quvvatlaydi. U Curiosity va Perseverance roverlarining sinov nusxalariga oid zaxira parvoz qismlari va muhandislik bloklaridan yiğiladi, bu esa sinovlarni tezlaştirib, xarajatlarni kamaytiradi. Bortida regolit yiğiş va muz izlaş uçun 1 metr çuqurlikkaça kirib boradigan burğu, kimyoviy tahlil uçun spektrometrlar, harorat va radiatsiya sensorlari, kameralar hamda radiatsiyaga çidamli High Performance Spaceflight Computing kompyuteri böladi. Uçiriş 2028-yil oxiriga rejalaştirilgan.

Roverni janubiy qutbga Blue Origin kompaniyasi Mark 1 qöndiruvçi moduli yordamida yetkazadi. Buning uçun NASA kompaniya bilan 94 mln dollarlik kelişuv imzoladi, yana 140 mln dollarlik opsiya ham közda tutilgan.

Tijorat yuklarini taşiş böyiça CLPS 2 dasturiga sakkiz kompaniya kiritildi: Blue Origin, Firefly Aerospace, Intuitive Machines, ispace-U.S., Lockheed Martin Space, Northrop Grumman Space Systems, SpaceX va Voyager Technologies. Bu 10 yillik ramka şartnomasi bölib, umumiy maksimal qiymati 10 mlrd dollarni taşkil etadi. Amaldagi CLPS şartnomasining yuqori çegarasi esa 2,6 mlrd dollardan 4,2 mlrd dollarga oşirildi. U 2028-yil noyabrigaça amal qiladi, yetkazib berişlarni 2033-yil noyabrigaça yakunlaş uçun yana beş yillik muddat beriladi.

Impulse Space kompaniyasining Helios buksiri foydali yuklar va qöndiruvçi modulni Oy yaqinida ajratmoqda, rassom tasviri

Transport imkoniyatlarini namoyiş etuvçi VADR dasturi böyiça Arrow Science and Technology, Blue Origin va Impulse Space kompaniyalariga 10 yil davomida qariyb 1,3 mlrd dollarlik oltita buyurtma berildi. Bu missiyalar uzoq muddatli ekipajli parvozlar xavfini kamaytiriş, janubiy qutbni astronavtlar uçun tayyorlaş va turli orbitalardagi parvozlarni sinaşga qaratilgan. Ayrim missiyalar uçun Blue Origin New Glenn, Relativity Space Terran R va SpaceX Falcon 9 raketalari tilga olingan. SpaceX esa Oy orbitasida aloqa tizimini joylaştirişni ham namoyiş etişi kerak: sun’iy yöldoşlarni 2028-yilda Starship raketasida uçiriş rejalaştirilgan.

NASA, şuningdek, aloqa minoralari va energiya tizimlari, jumladan, quyoş panellari, batareyalar hamda simsiz quvvat uzatiş uskunalarini bir neçta şartnoma orqali sotib olişni rejalaştirmoqda. Agentlik rahbari Jared Isaacman’ning aytişiça, baza bosqiçma-bosqiç, har bir missiya bilan quriladi, astronavtlar qaytganida esa uning ilk elementlari Oy sirtida ularni kutib turadi.