Microsoft tez orada Windows 10 operatsion tizimlari uchun litsenziyalar sotishni to'xtatishini ma'lum qildi. Bu haqda Microsoft rasmiy veb-saytida Windows 10 Home, Pro va Workstation tavsiflangan sahifalarda ogohlantirish paydo bo'ldi.
Saytdagi ogohlantirishda shunday deyilgan:
2023-yil 31-yanvar Windows 10 ning raqamli versiyasi sotuvga chiqariladigan oxirgi kun bo‘ladi. Windows 10 2025-yil 14-oktabrgacha kompyuteringizni viruslar, josuslik dasturlari va boshqa zararli dasturlardan himoya qilish uchun xavfsizlik yangilanishlari bilan qo‘llab-quvvatlanadi.
Bu bilan Microsoft kelajakga qadam bosgani haqida ma'lum qiladi, va Windows 11 ni rivojlantirishni boshlaydi.