Meta kompaniyasi 2027-yil bahorida 1300 dollarlik VR Glasses qurilmasini sotuvga çiqarişdan oldin uçinçi tomon işlab çiquvçilarini qöllab-quvvatlaşni davom ettirmoqda. Road to VR naşri xabar berişiça, kompaniyaning öyinlar bölimi direktori Kris Pruett işlab çiquvçilar uçun kelgusi bayram mavsumi va undan keyingi davr haqida maqola e’lon qildi va unda bir qator raqamlarni keltirdi.
1-oktabr holatiga köra Meta faol işlab çiqilayotgan uçinçi tomon video öyinlarini moliyalaştiriş uçun 120 mln dollardan ortiq mablağ ajratgan. Pruett Road to VR’ga aniqlik kiritişiça, bu Meta moliyalaştiriş kelişuvlari orqali hozir faol işlab çiqilayotgan uçinçi tomon öyinlariga majburiyat olgan mablağlardir. Uning katta qismi şu yili tölangan yoki kelgusi yillarda tölanadi.

Pruett ma’lumotiga köra, 2024-yilda Quest 3S çiqqanidan beri Meta’ning VR ekotizimi ilova içidagi xaridlar, bepul ijtimoiy öyinlar va muntazam tölovlarga köproq tayanmoqda. Ikki yil davomida yangi qurilma çiqmaganiga qaramay, ilovalar daromadi yildan yilga barqaror saqlanib qolgan. Sönggi 12 oyda Store’dagi eng yaxşi 50 ta ilovaning har biri komissiyalar çegirilgandan söng 1 mln dollardan ortiq daromad keltirgan, yana yuzlab ilovalar yuz minglab dollar işlagan. Ijtimoiy öyinlar orasida Gorilla Tag yetakçilik qilmoqda.
VR Glasses haqida gapirar ekan, Pruett bu qurilmada öyin va ilovalar kontent tomoşa qilişdan keyingi örinda turişini aytdi. Uning fikriça, xaridorlar asosan ötirgan holda, qöllar yordamida boşqariladigan örtaça murakkablikdagi öyinlarni xohlaydi.
Naşr muallifi Skott Xeyden fikriça, bu raqam uçinçi tomon VR öyinlarining salmoqli zaxirasi saqlanib qolganini körsatadi. Biroq 2026-yil boşida Reality Labs bölimi kiyiladigan qurilmalar va sun’iy intellektga yönalganidan beri qança yangi mablağ ajratilgani noma’lum: moliyalaştirilayotgan öyinlarning bir qismi bu burilişdan oldin boşlangan bölişi mumkin. Aynan şu buriliş tufayli Quest uçun bir qator öyinlar bekor qilingan edi.
Meta işlab çiquvçilarni öyinlarga qöl harakatlarini kuzatiş orqali boşqaruvni qöşişga undamoqda. Bu esa ularning köpçiligini ham Quest’da, ham VR Glasses’da öynaş imkonini berişi mumkin.