Ovozli tinglash

Meta 24-noyabr kuni Instagram foydalanuvçilari endi kompaniyaning Muse sun’iy intellekt agenti bilan şaxsiy xabarlar (DM) bölimida yozişa olişini e’lon qildi. TechCrunch naşri xabar berişiça, Muse yordamida ijtimoiy tarmoqda duç kelingan post, joy yoki mahsulot haqida qöşimça ma’lumot oliş, şuningdek boşqa yozişmalarda ötkazib yuborilgan suhbatlarni qisqaça bilib oliş mumkin.

Bu integratsiya Instagram va alohida Muse ilovasi örtasida almaşib yuriş zaruratini yöqotadi. Foydalanuvçilar Instagram’dagi postlarni Muse’ga yuborib, ular asosida biror amal bajarişni söraşi mumkin: masalan, kofexonani Mexiko şahriga sayohat rejasiga qöşiş yoki bir juft krossovka uçun Black Friday çegirmasini topiş. Meta ma’lum qilişiça, Instagram’dagi Muse bilan suhbatlar asosiy Muse ilovasida alohida yon yozişma sifatida ham körinadi.

Instagram şaxsiy xabarlaridagi Muse yordamçisi

Instagram DM’dagi Muse 24-noyabrdan boşlab AQŞ, Kanada, Meksika, Yaponiya va Singapurdagi iOS hamda Android foydalanuvçilariga bosqiçma-bosqiç taqdim etilmoqda.

Bundan taşqari, Muse saqlangan postlar va Reels videolarini Collections deb atalgan maxsus jildlarga ajratib berişi, retsept videosini xaridlar röyxatiga, sayohat blogerlarining kontentini esa sayohat marşrutiga aylantirişi, saqlangan moda videolari asosida kiyim tanlaşda maslahat berişi mumkin. Endi Instagram’da post saqlanganda, uni Muse orqali tartiblaş taklifi çiqadi. Bu imkoniyat hozirça faqat AQŞ va Kanadada işga tuşirilmoqda.

Meta’ning ta’kidlaşiça, nazorat foydalanuvçining qölida qoladi: uning roziligisiz heç narsa ulaşilmaydi, e’lon qilinmaydi va yuborilmaydi. Foydalanuvçi istalgan vaqtda Muse’dan biror ma’lumotni unutişni yoki bajarilgan amalni bekor qilişni söraşi mumkin. TechCrunch fikriça, bu qadam texnologiya kompaniyalari örtasida sun’iy intellekt yordamçilarini kundalik raqamli hayotga olib kiriş böyiça kuçayib borayotgan raqobatning bir qismidir.