Chery kompaniyasiga qaraşli Jetour brendi Xitoyda özining birinçi töliq elektr modeli — Jetour TX (Tourer) krossoverini rasman sotuvga çiqardi. CarNewsChina naşri xabar berişiça, avtomobil beş xil komplektatsiyada taklif etiladi, narxi esa 89 900 yuandan (taxminan 13 400 dollar) 125 900 yuangaça (taxminan 18 800 dollar).
Orqa ğildirak yetakçili va 550 km masofaga möljallangan törtta versiya 89 900, 97 900, 107 900 va 109 900 yuan turadi. Tört ğildirak yetakçili, 510 km masofali eng qimmat versiyaning narxi 125 900 yuan.

Model Jetour’ning «Square-Circle Symbiosis» dizayn tilida yaratilgan: kuzov quti şaklida, dumaloq faralar esa qora panel bilan tutaştirilgan. Old tomonda 150 litrli qöşimça yukxona bor, mijozlarga oltita kuzov rangi taklif qilinadi. Krossoverning uzunligi 4475 mm, eni 1880 mm, balandligi 1700 mm, ğildiraklar oraliği 2735 mm. Yöl tirqişi 200 mm, kiriş burçagi 21°, çiqiş burçagi 26°, suvdan keçiş çuqurligi esa 500 mm bölib, u yengil yölsizlik va sayohatlar uçun möljallangan.
Barça versiyalarda 65 kVt·soat siğimli LFP turidagi Rhino batareyasi örnatilgan. Orqa ğildirak yetakçili versiyaning elektr motori 200 kVt (268 ot kuçi) quvvat va 285 N·m moment beradi, soatiga 100 km tezlikka 7,5 soniyada çiqadi, CLTC sikli böyiça masofasi 550 km. Tört ğildirak yetakçili versiyaning umumiy quvvati 275 kVt (369 ot kuçi), momenti 427 N·m, 0–100 km/soat tezlanişi 5,5 soniya, masofasi esa 510 km. Bu versiyada Jetour XWD tizimi va 7+X yölsizlik rejimi bor.

Salonda 15,6 dyuymli markaziy sensorli ekran va 8,8 dyuymli raqamli asboblar paneli joylaşgan. Tizim Qualcomm Snapdragon 8155 va 8775 çiplarida işlaydi, Tour OS operatsion tizimi Doubao katta til modeli asosidagi ovozli boşqaruvni qöllaydi. Yuqori versiyalarda old örindiqlar isitiş, şamollatiş va massaj funksiyalariga ega. Eng qimmat komplektatsiyalarda Falcon 500+ haydovçiga yordam tizimi örnatilgan: u şahar va tezyurar yöllarda NOA rejimida harakatlanişni, avtomatik, masofaviy va xotiraga asoslangan parkovkani taklif etadi.