Ovozli tinglash

Jackery kompaniyasi kaftga sığadigan ixçam portativ quvvat stansiyasi — Explorer 100D’ni taqdim etdi. Notebookcheck naşri xabar berişiça, qurilma 96 Vt·soat (30 000 mAh) siğimli LiFePO4 batareyasi bilan jihozlangan. Bu siğim samolyotda batareyalarni olib yuriş uçun belgilangan çeklovlarga mos keladi, ya’ni stansiyani parvozga bemalol olib çiqiş mumkin.

Jackery Explorer 100D portativ quvvat stansiyasi

Işlab çiqaruvçi batareyaning xizmat muddati 8 yilgaça yetişini bildirmoqda. Kompaniya ma’lumotiga köra, 3000 ta quvvatlaş va zaryadsizlaniş siklidan keyin ham batareya öz siğimining taxminan 80 foizini saqlab qolişi kerak.

Explorer 100D’da maksimal quvvati 140 Vt bölgan ikkita USB-C porti va 18 Vt quvvat beradigan bitta USB-A porti bor. Uçala port bir vaqtda işlatilganda umumiy quvvat 158 Vt’ni taşkil etadi. Qurilma AVS (Adjustable Voltage Supply) texnologiyasini hamda kam quvvat talab qiladigan gadjetlar uçun maxsus rejimni qöllab-quvvatlaydi. Bu rejim displey tugmasini uç soniya bosib turiş orqali yoqiladi.

Explorer 100D stansiyasining displeyi va portlari

Stansiyaning özini USB-C orqali 140 vattli adapter, 100 vattli quyoş paneli yoki xuddi şunday quvvatdagi avtomobil adapteri yordamida quvvatlaş mumkin. Batareyani 0 dan 80 foizgaça töldiriş 2 soatdan kamroq vaqt oladi. Displeyda har bir ulangan qurilmaning quvvati, batareya holati, sikllar soni va harorat körsatiladi, uni tugmani ikki marta bosib öçiriş mumkin.

Jackery saytida yangilik narxi 120 dollar etib belgilangan. Bu 192 Vt·soat siğimli Anker Solix C200 DC’dan 30 dollar arzon. Hozirça qurilmani bevosita buyurtma qiliş imkoni yöq: kompaniya saytida oldindan buyurtmalar boşlangani haqida xabarnoma oliş uçun ariza qoldiriş mumkin.