Kelgusi yildan boshlab Apple asta-sekin iPad planshetlarining deyarli barcha modellarini OLED ekranlari bilan jihozlashni boshlaydi. Bu haqda Koreyaning ETNews nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Apple OLED panellaridan nafaqat 11 va 12,9 dyuymli iPad Pro modellarida, balki iPad Air’da, shuningdek, ixcham iPad mini’da ham foydalanishni rejalashtirmoqda. Biroq, biz buni yana bir necha yil kutishimiz kerak. OLED-ekranlar iPad Air va iPad mini-da 2026 yilda paydo bo'lishi mumkin.
Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, Apple 2024 yilgi iPad Pro 11 va 12,9 dyuymli modellari bilan iPad liniyasida OLED ekranlarga o'tishni boshlaydi. iPad Pro’da LTPO panellari, Mini va Air qurilmalarida esa LTPS OLED displeylari bo‘lishi kutilmoqda.