iPhone 4 oshxonada quvvat olayotganda yonib ketgan va u videoga tushib qolgan. Hech kim jabrlanmadi va butun oila uxlab yotgan paytda olov o'chdi.
Ogayo shtatidan Brayan va Jennifer Leysgang sodir bo'lgan voqea tafsilotlari bilan ulashishdi. Ularning aytishicha, video Google Home mahsuloti tomonidan olingan.

Biz uydagi yong'indan qutulganimiz uchun juda baxtli edik. Kecha bolalarimiz eski iPhone 4 ni Apple zaryadlovchi qurilmasi bilan quvvatlantirayotgan edi va uxlayotganimizda u portlab, oshxonamizda yonib ketdi. Yaxshiyamki, biz kechagina stolni tozaladik, chunki [odatda] maktab darsliklari va gazetalar juda ko'p turar edi stolno ustida. Bugun ertalab stol ustida kuygan telefon va qora kuyik topdik.
Litium-ion batareyalar elektronikada keng qo'llaniladi va batareyalarning yonishi kamdan-kam uchraydi, lekin ba'zida qayta zaryadlanuvchi batareyalar qizib ketadi va yonadi.