SpaceX rahbari Ilon Mask kompaniya 2027-yilda umumiy quvvati 10 GW bölgan ma’lumotlar markazlarini qura olişiga işonçini bildirdi. Bu haqda Tom's Hardware naşriga tayanib 3DNews xabar berdi. Hozir mavjud 3 GW quvvatni ham qöşib hisoblaganda, SpaceX taxminan bir yarim yil içida Google butun faoliyati davomida yaratgan hisoblaş quvvatiga teng infratuzilma barpo etişi mumkin.

Tahlilçilarning fikriça, şart-şaroit qulay kelsa, bu prognoz haqiqatga aylanişi mumkin. Unda SpaceX dunyodagi eng tez ösayotgan yirik ma’lumotlar markazlari operatoriga aylanadi. Masalan, Colossus 2 majmuasining rejalaştirilgan elektr ta’minoti yanvardagi 0,4 GW dan joriy yil oxirigaça 2,4 GW gaça oşişi kutilmoqda. 25-sentabr holatiga köra, Colossus 2 da 550 ming grafik protsessor bölgan.
Majmuada umumiy quvvati qariyb 2,5 GW bölgan 89 ta turbina örnatilgan, biroq ekologik talablar va çiqindilar limiti ulardan faqat 1,24 GW olişga ruxsat beradi. Yana 1,2 GW markaziy elektr tarmoğidan olinadi, hisoblaş yuklamasi eng yuqori bölgan paytlarda yetişmovçilikni 1377 ta Tesla Megapack akkumulyator tizimi qoplaydi. Starbase’da ham ikkita ma’lumotlar markazi qurilmoqda.
Tahlilçilar SpaceX elektr ta’minoti masalalari hal bölmasdan va uskunalar yetkazilmasdan oldin qurilişni boşlab yuborayotganini qayd etadi. Tesla mexanik va elektr uskunalarni darhol işlatiş mumkin bölgan tayyor modullar şaklida işlab çiqaradi, bu esa ayrim tartibga soliş çeklovlarini aylanib ötişga yordam beradi. Infratuzilma va energetika uskunalarining katta qismi kompaniyaning özida tayyorlanadi.

Şunga qaramay, qurilişning özi obyektlar kutilgan unumdorlik bilan işlay boşlaşini anglatmaydi. Hududni rejalaştiriş, ruxsatnomalar, elektr tarmoğiga ulaniş, energiya işlab çiqariş çeklovlari, suv ta’minoti va aholi noroziligi kabi muammolar hali ham saqlanib qolmoqda.