Ovozli tinglash

Ilon Mask X ijtimoiy tarmoğida AQŞdagi har bir bola ikkitadan SpaceX aksiyasiga ega bölişini yozdi. Uning söziga köra, aksiyalardan biri kompaniya tomonidan, ikkinçisi esa şaxsan Maskning özi tomonidan beriladi. iXBT.com naşri ta’kidlaşiça, şu tariqa mamlakatdagi har bir bola uning kompaniyasi aksiyadoriga aylanadi.

SpaceX aksiyalari va bolalar uçun investitsiya hisoblari

Kompaniya aksiyasi 2026-yil dekabr oyida, Maskning şaxsiy aksiyasi esa qimmatli qoğozlarni sotiş böyiça çeklov muddati tugaganidan keyin, 2027-yil iyun oyida berilişi rejalaştirilgan. Hozirgi vaqtda bitta SpaceX aksiyasi taxminan 130 dollar turadi, ya’ni ikki aksiyaning qiymati 260 dollar atrofida.

Taşabbus 18 yoşgaça bölgan amerikaliklar uçun möljallangan Trump Account investitsiya hisoblari bilan bağliq. 25-noyabr kuni SpaceX uşbu dasturdagi har bir mavjud hisob uçun bittadan yangi A toifali oddiy aksiya çiqarişini e’lon qilgan edi.

Trump Account bolalar uçun uzoq muddatli jamğarma dasturidir. Unga ota-onalar, iş beruvçilar va xayriya taşkilotlari mablağ qöşişi mumkin. 2025–2028-yillarda tuğilgan bolalarga davlat tomonidan boşlanğiç 1000 dollar ötkaziladi. Mablağlar bola voyaga yetgunça ösişi uçun investitsiya qilinadi.

Eslatib ötamiz, 19-oktyabr kuni Mask keyingi yili har bir amerikalik bolaga öz SpaceX aksiyalaridan birini berişini va bu köp sovğalarning birinçisi bölişini yozgan edi. Biroq aksiyani aynan qaysi bolalar olişi bilan bağliq batafsil şartlar hali e’lon qilinmagan.