Ovozli tinglash

Huawei Xitoyda Mate X8 buklanuvçi smartfonini rasman taqdim etdi. iXBT.com naşri Gizmochina’ga tayanib xabar berişiça, model ikki versiyada — standart va xotirasi kattaroq bölgan Collector’s Edition kolleksiya nusxasida çiqarilgan. Smartfon beş xil rangda taklif etiladi, xalqaro bozorga çiqiş muddati esa hozirça e’lon qilinmagan.

Huawei Mate X8 buklanuvçi smartfoni

Qurilmaning içki ekrani 8,2 dyuymli bölib, 2424×2340 piksel ruxsatga, 120 Gs yangilaniş çastotasiga va 8000 nitgaça mahalliy çöqqi yorqinlikka ega. Taşqi 6,54 dyuymli ikki qatlamli OLED ekran 2444×1132 piksel ruxsat, 120 Gs çastota va 12 000 nitgaça yorqinlikni taklif qiladi. Oçiq holatda smartfon qalinligi atigi 4,2 mm. Kompaniya ma’lumotlariga köra, yangi magnitli şarnir tufayli bukilişga çidamlilik 140 foizga, içki ekran tekisligi 90 foizga oşgan, bukiliş joyidagi balandlik farqi esa bor-yöği 15 mikron.

Barça versiyalarda Kirin 9050 Pro protsessori örnatilgan. Huawei’ning ta’kidlaşiça, umumiy unumdorlik Mate X7 ga nisbatan 31 foizga, köp yadroli unumdorlik 23 foizga, Maleoon grafik protsessorining tezligi 40 foizga, Da Vinci neyroprotsessoriniki esa 140 foizga oşgan. Smartfon IP58 va IP59 standartlari böyiça suv va çangdan himoyalangan, batareya siğimi 6200 mAh.

Huawei Mate X8 orqa paneli va kamera bloki

Kamera tizimi uç moduldan iborat: 1/1,28 dyuymli 50 Mp asosiy kamera (RYYB, LOFIC texnologiyasi, 18 poğonali dinamik diapazon), 40 Mp keng burçakli kamera va f/2.2 diafragmali 50 Mp periskop telefoto kamera. Şuningdek, uyali aloqa va Wi-Fi antennalari birlaştirilib, ularning maydoni uç baravar kattalaştirilgan.

Narxlar 12/256 GB versiya uçun 1950 dollardan, 12/512 GB uçun 2100 dollardan boşlanadi, 16/512 GB Collector’s Edition esa 2400 dollar turadi. Eng qimmat versiya narxi 3150 dollarga yetadi. Oldindan buyurtmalar 24-noyabrda boşlandi, erkin sotuv 4-dekabrda, 2 TB xotirali versiya sotuvi esa 20-dekabrda boşlanadi. Xaridorlarga 12 oygaça foizsiz bölib töliş va eski qurilmani topşirganda 800 yuangaça çegirma taklif etiladi.