Ovozli tinglash

Have I Been Pwned (HIBP) xizmati Harvard universitetidan öğirlangan ma’lumotlarni tahlil qilib, ularda taxminan 850 500 ta hisob, ya’ni 851 mingga yaqin noyob elektron poçta manzili borligini ma’lum qildi. Bu haqda BleepingComputer naşri xabar berdi. Ma’lumotlar sizib çiqişi talabalar, bitiruvçilar, homiylar, xodimlar va öqituvçilarga ta’sir qilgan.

Xakerlar 2025-yil noyabr oyida universitetning bitiruvçilar bilan işlaş va mablağ jalb qiliş böyiça bölimi (Alumni Affairs and Development) tizimlariga kirib olgan. Harvard buzib kiriş holatini 2025-yil 18-noyabr kuni aniqlagan. Universitet ta’kidlaşiça, öğirlangan ma’lumotlar orasida elektron poçta manzillari, telefon raqamlari, uy va iş manzillari, tadbirlarga qatnaşuv qaydlari, xayriya tölovlari haqidagi ma’lumotlar hamda mablağ jalb qiliş va bitiruvçilar bilan aloqaga oid biografik ma’lumotlar bor. HIBP’ga köra, arxivda ismlar, tuğilgan sanalar va ijtimoiy tarmoqlardagi profillar ham uçraydi.

ShinyHunters guruhining Harvard ma’lumotlari joylangan sahifasi

Harvard hujumni biror guruhga nisbat bermagan. Biroq javobgarlikni ShinyHunters tovlamaçilik guruhi öz zimmasiga olgan va 1 milliondan ortiq yozuvni, jumladan şaxsni aniqlaş mumkin bölgan ma’lumotlar va xayriya tafsilotlarini öğirlaganini da’vo qilgan. Universitet xakerlarga pul tölaşdan boş tortganidan söng, guruh fevral boşida öz saytida 1,1 GB hajmdagi hujjatlar arxivini e’lon qilgan.

Universitetning axborot texnologiyalari böyiça rahbari Klara Jelinkova tizimlarda ijtimoiy suğurta raqamlari, parollar, tölov kartalari yoki moliyaviy ma’lumotlar saqlanmaganini aytgan. Harvard BleepingComputer’ning savoliga javoban jabrlanganlar sonini oşkor qilmadi. Universitetda 20 mingdan ortiq öqituvçi va xodim, 24 500 dan ziyod talaba hamda 400 mingdan ortiq bitiruvçi bor.

Eslatib ötamiz, 2025-yil oktyabrida Harvard boşqa bir hodisani ham tekşirayotganini ma’lum qilgan edi: öşanda Clop guruhi Oracle E-Business Suite’dagi nol kunlik zaiflik orqali universitetga kirganini da’vo qilgan. 2025-yil noyabrida Princeton universiteti va Pensilvaniya universiteti ham homiylar va bitiruvçilar ma’lumotlari sizib çiqqanini e’lon qilgan.