Ovozli tinglash

Ilon Maskning ta’kidlashicha, Grok yangi Imagine video generatori yordamida endi "asosiy raqobatchilar bitta tasvirni yaratishga sarflaydigan vaqtning 1/2 yoki 1/4 qismida videolar yaratadi."

X foydalanuvchilaridan biri shunday dedi: "Imagine UI Grok - men foydalangan eng yaxshi interfeyslardan biri. Videolar Veo 3 (yoki undan yuqori) darajasiga ko‘tarilishi, generatsiya tezligi va uzunroq videolar yaratish imkoniyatini saqlab qolishidan juda xursandman. Bu ko‘ngilochar kontentni iste’mol qilish dunyosini o‘zgartiradi."

Bunga Ilon Mask shunday javob berdi: "Bu shunchaki dastlabki beta-versiya, ammo hozirning o‘zidayoq tasvirlar va videolar yaratish Yer yuzidagi eng qiziqarli mashg‘ulotdir. Va har kuni yaxshilanishlar paydo bo‘ladi!."

Avvalroq xAI tomonidan ishlab chiqilgan Grok sun’iy intellektli chatboti Aurora modelida ishlaydigan Imagine video yaratish funksiyasini ishga tushirganini tasdiqlagani haqida xabar berilgan edi. Mask o‘rtoqlashgan xAI xodimi Mati Roy tomonidan yaratilgan mavzuda Grok tomonidan yaratilgan videolardan namunalar, jumladan, robot, "o‘zga sayyoralik qabila ayoli" va boshqalar taqdim etildi.

Milliarderning qo‘shimcha qilishicha, suratlarni yaratgandan keyin 30 soniyadan kamroq vaqt ichida tasvirni ovozli videoga aylantirish mumkin.