Ovozli tinglash

Google 3-noyabr, seşanba kuni kelgusi yildan boşlab boşlanğiç va örta maktab (K-12) öquvçilari uçun sun’iy intellekt vositalarini, agar maktab ma’murlari ularni özlari yoqmasa, öçirib qöyişini e’lon qildi. Bu Gemini, NotebookLM, Classroom’dagi Gemini va Google Search’ga tegişli. TechCrunch xabar berişiça, sun’iy intellektdan butunlay voz keçgan maktablar Google Search’dan ham foydalana olmaydi.

Google’ning ta’lim böyiça vitse-prezidenti Chris Phillips The New York Times naşriga «Qidiruv va sun’iy intellekt bir-biri bilan çuqur boğlangan» dedi. Uning söziga köra, rozilik bermagan maktablarning öquvçilari qidiruvdan foydalana olmaydi va ekranda bu xizmat maktab tomonidan öçirilgani haqida xabar körişadi.

Noutbukda işlayotgan öquvçilar

Reja keskin tanqidga uçradi. Senator Bernie Sanders X’da Google’ni «tovlamaçilik»da aybladi: uning fikriça, kompaniya öquvçilarning sun’iy intellektdan foydalanişini çeklagan maktablarni qidiruvni öçirib qöyiş bilan qörqitmoqda. Senator Richard Blumenthal esa Google öquvçilar muvaffaqiyatidan köra Gemini’ni maktablarga majburan kiritişga köproq qiziqayotganini aytdi.

FTC’ning sobiq rahbari Lina Xan bu holat muhim xizmatni tartibga solinmagan monopolist nazorat qilişi qançalik xavfli ekanini körsatişini ta’kidlab, bir qator sudlar Google’ni monopoliyaga qarşi qonunlarni buzganlikda aybdor deb topganini eslatdi. Nyu-York meri Zohran Mamdani ham Google’ni monopoliya deb atab, bolalarni qanday öqitişni heç bir korporatsiya hal qilmasligi kerakligini aytdi. Ta’lim xodimlari esa qidiruvdagi sun’iy intellekt xulosalari öquvçilarni javobni mustaqil izlaşdan qaytarişi mumkinligidan xavotirda. Millionlab öquvçilar Chromebook va Google ta’lim vositalaridan foydalanişga majbur, şu bois boşqa qidiruv tizimiga ötiş oson yeçim emas.

Tanqidlardan söng Google X’da Gemini, Gemini Notebook va Search sukut böyiça öçirilgan holda bölişini, maktablar ularning har birini alohida yoqişi mumkinligini ma’lum qildi. Kompaniya bu özgarişlar maktablarga köproq tanlov berişini va ta’lim xodimlarining sönggi oylardagi fikr-mulohazalariga javob ekanini ta’kidladi. Şuningdek, Google Search’da öquvçilar uçun Guided Learning vositasi ustida işlamoqda: u tayyor javob örniga masalani bosqiçma-bosqiç yeçişga yördam beradi, masalan, darajali sonlarni böliş qoidalarini takrorlaşni taklif qiladi.